Statistika agentligi Özbekistonning 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir hisobotni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi 50 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 19,3 mlrd dollarni, import hajmi esa 30,7 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 15,9 foizga, import hajmi 20,4 foizga ösgan. Taşqi savdo salbiy saldosi 11,4 mlrd dollarni taşkil etgan.

Pandemiya inqirozi va xalqaro bozorlardagi vaziyat yomonlaşuvi fonida hukumatning bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini Özbekiston hududiga olib kirişga qöyilgan tösiqlarni yumşatişi import hajmi sezilarli darajada oşişiga öz ta’sirini ötkazgan bölişi mumkin.
2022 yilda Özbekistonning Xitoy va Rossiyaga boğliqligi yanada kuçaygan. Rossiyaning Özbekiston bilan tovar ayirboşlaş hajmi 9,3 mlrd dollarga yetgan va bu borada Xitoyni ortda qoldirgan. Har ikkala mamlakatning umumiy TSAdagi uluşi esa 36,4 foizga yetgan. Bu körsatkiç 2021 yil yakunlari böyiça 35,6 foiz, 2020 yil yakunlari böyiça esa 33,2 foiz bölgan.
Ötgan yilda TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 foiz), Xitoy (17,8 foiz), Qozoğiston (9,2 foiz), Turkiya (6,4 foiz), Koreya (4,7 foiz), Qirğiziston (2,5 foiz) va Germaniya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uçta mamlakat – Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2022 yilda Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor top-10 davlat:
- Rossiya – 3 mlrd;
- Xitoy – 2,5 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Qozoğiston – 1,38 mlrd;
- Qirğiziston – 980 mln;



















