Gaz qazib olişda keskin pasayiş: oylik körsatkiçlar 30 foizgaça quladi. Blogerni sudga tortgan vazir: bunday holatlar odamlarni tanqid qilişdan çöçitib qöyadi. Peşlavha mojarosi prezidentgaça yetib bordi: muammoni yaratganlar uni özlari hal qilişdan boş tortdimi? Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Gaz qazib olişdagi salbiy dinamika tezlaşib ketdi

Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi muttassil kamayişda davom etyapti. E’tiborlisi, oxirgi oylarda bu tendensiya keskin tezlaşib ketgan. Statistika qömitasi ma’lumotiga köra, joriy yil 1-çoragida 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan va bu – bir yil oldingidan 1,7 mlrd kub metrga yoki 15 foizga kam. Birgina mart oyidagi qazib oliş körsatkiçi ötgan yilning martiga qaraganda naq 30 foizga kamayib ketgan.

15-30 foizlik pasayişlar – hazilakam raqamlar emas. Bunçalik keskin qulaşning sababi va yaqin istiqbol uçun kutilmalar haqida rasmiylardan izohlar bölmadi. Avvalroq “Özbekneftgaz” 1-çorakda 4,8 mlrd kub metr gaz qazib olib, rejani 100 foizga bajarganini ma’lum qilgan, lekin qazib çiqarişda pasayiş bor-yöqligiga aniqlik kiritilmagan edi.

“Özbekneftgaz” öz oldiga qöygan reja – ösiş sur’atini ta’minlaş, ya’ni gaz qazib oliş hajmlarini 2025 yilga nisbatan pasaytirmaslik vazifasi belgilangan. Xorijiy kompaniyalar va qöşma korxonalar işida, ularning ixtiyoridagi qanaqadir konlarda kamayiş sur’atlari kuzatilişi mumkin. Biz özimiz uçun javob beramiz”, – degandi kompaniya boş geologi Nodir Muhiddinov.

Statistika qömitasi va “Özbekneftgaz” bergan raqamlardan kelib çiqilsa, joriy yil 1-çorakda qazib olingan gazning roppa-rosa 50 foizi “Özbekneftgaz” hissasiga töğri keladi. Milliy holdingdan taşqari, mamlakatimizda yana sanoqli gaz qazuvçilar bor, ulardan eng asosiysi – Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi. Va ayni şu kompaniya ötgan yili AQŞ sanksiyasiga uçrab, Rossiyadan taşqaridagi aktivlarini sotiş majburiyati bilan yuzlaşib turibdi. “Lukoyl” xorijiy aktivlari, xususan Özbekistondagi şu’basini ham 30 maygaça sotib ulgurişi kerak.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda gaz qaziş bilan şuğullanayotgan xususiy va xorijiy korxonalar faoliyati mart oyida davlat rahbari huzurida muhokama qilingan edi. Aprel oyidagi matbuot anjumanida Nodir Muhiddinov bu masalaga izoh berib, “Özbekneftgaz”dan boşqa gaz qazuvçilar öz majburiyatlarini qançalik bajarayotgani yuzasidan maxsus işçi guruhlar tomonidan örganişlar olib borilayotganini aytgandi.

“Bizga ham anti-SLAPP qonuni kerak” – huquq himoyaçisi

Gaz qazib çiqariş hajmlari qulagan, yilning eng mötadil pallasi bölişiga qaramay, qator mahallalarda tez-tez svet öçib turgan bir paytda, Energetika vazirligi bloger bilan sudlaşib yuribdi.

Vazir Jörabek Mirzamahmudovning jamoatçilik faoli Otabek Bakirov ustidan kiritgan arizasi asosida, payşanba kuni sud majlisi bölib ötdi va unda “yolğon axborot tarqatiş” moddasi böyiça yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid iş – körib çiqiş muddati ötib ketgani sababli tugatildi. Ya’ni sudda heç narsa muhokama qilinmadi, Bakirov huquqbuzarlik sodir etganmi yoki yöqmi degan savol kötarilmadi. Şunçaki, sudya vazirning arizasida körsatilgan tanqidiy postlarning sanasiga qarab, muddatlar ötgani uçun işni yopişga qaror qildi.

Otabek Bakirovning fikriça, kodekslarga pandemiya paytida qöşilgan “yolğon axborot tarqatiş” moddasi endi amaliyotda söz erkinligini toraytiriş uçun işlatilyapti. U deputatlarni va ayniqsa xalqaro reytinglar uçun mas’ul Senat raisini bu masalaga e’tibor qaratişga çaqirdi. Bakirov özini qöllab turgan jamoatçilikka ham minnatdorçilik bildirdi.

“Kim şu jarayonda közi tuşib, qöllab-quvvatlab, fikr bildirgan bölsa, hammasiga rahmat aytaman. Özi mening orzum qanaqa: şunaqa bölsinki, biz şu energetika töğrisida gapirmaylik. Şunday barqaror energetikaga erişaylikki, u haqda ortiq gapirmaylik. Muammolarimiz bölmasin, defitsit bölmasin, oçiq bozor bölsin”, – dedi u.

Advokat Komila Abdullayevaning sözlariga köra, vazir darajasidagi şaxslar blogerlarni sudga bersa, odamlar amaldorlarni tanqid qilişdan qörqib qoladi. Şu sababli, davlat bergan ulkan resurslarga ega mansabdorlar jamoatçilik faollarini sudga beriş orqali bosim ötkazişga urinişi – rivojlangan davlatlarda maxsus qonunlar bilan çeklab qöyilgan.

“Rivojlangan davlatlarda SLAPP (Strategic lawsuit against public participation – jamoatçilik iştirokiga qarşi strategik sud da’volari) tuşunçasi bor. Mansabdor şaxslar yoki davlat organlari jamiyatdagi muhim masalalarni muhokama qilgan faollarga nisbatan sudni instrument qilib işlatişiga yöl qöyilmaydi. Çunki resurslar teng emas. Bu jarayonda bir tomonda energetika vaziri, uning budjeti, vakillari. Ikkinçi tomonda esa oddiy bloger: advokat uçun öz çöntagidan xarajat qilişi, asablarini, vaqtini sarflaşi kerak. Ya’ni kuçlar nisbati teng emas”, – deydi advokat.

Peşlavha muammosiga yeçim berildi, lekin hokimlik nega jim?

Toşkentdagi peşlavha maşmaşasi nihoyat yeçim topayotganga öxşaydi. Seşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzuridagi yiğilişda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan köplab muammolar qatorida, peşlavhalar masalasi ham körib çiqildi. Natijada peşlavhani reklama deb baholaşga çek qöyiş, peşlavha uçun pasport oliş va har oy tölov qiliş tartibi bekor qilinişi kutilyapti. Bundan taşqari, reklamalar va boşqa axborot belgilarini joylaştirişga doir dizayn-kod talablari tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda, bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Xabaringiz bölsa, ötgan yildan e’tiboran Toşkentda köz körib, quloq eşitmagan amaliyot boşlangan. Binolar fasadidan bizneslarning nomi va brendidan tortib, oddiygina “oziq-ovqatlar”, “dorixona”, “sartaroşxona” kabi yozuvlar ham olib taşlanayotgan edi. Bu buzarmonlik köp holatlarda oldindan ogohlantirişsiz, svetni uzib qöyiş tahdidi bilan olib borildi. Ayrim holatlarda tadbirkorlar falon pulga yasatgan qimmatbaho peşlavhalar ular yöqligida, yovvoyilarça yulib taşlandi. Biznes egalari peşlavhasi uçun pasport rasmiylaştirib, şahar hokimligiga har oy millionlab pul tölab turişga majburlandi.

Qiziği şundaki, tadbirkorlar qança dod demasin, bir qaraşda mahalliy darajadagi bu muammo şaxsan davlat rahbariga olib çiqilmagunça oylar davomida hal bölmay turaverdi. Vaholanki, peşlavhani reklamaga tenglaştiriş – Vazirlar Mahkamasining qarori edi. Peşlavha uçun “ölpon” belgilaş va dizayn-kodni joriy qiliş esa – poytaxt deputatlarining qarori. Ya’ni peşlavha masalasida ham, dizayn-kod borasida ham avvalboşdan davlat rahbarining iştiroki yöq edi, çunki bunga öxşaş masalalar – hukumat va mahalliy deputatlar darajasida hal qilinişi kerak. Lekin ular özlari muammo yaratib qöyib, keyin bu muammoni mustaqil hal qila olmayotgan bölsa, tadbirkorlarning dodi prezidentgaça yetib borganidan keyingina hal bölayotgan bölsa, unda bu – boşqaruv institutlarining qançalik samarali işlayotgani haqidagi savollarni örtaga çiqaradi.

Bu örinda, şahar rahbarlarining jamoatçilik va biznes qarşisida özini qanday tutgani – alohida e’tiborga molik. Minglab tadbirkorni qiynayotgan muammoga şahar hokimi biror marta munosabat bildirgani yöq. Uning matbuot xizmati esa, prezident huzuridagi yiğilişdan bir kun oldin ham peşlavha uçun pul tölab, pasport oliş talabi bilan bayonot e’lon qilgan edi, lekin bu talablar bekor bölişi ma’lum bölgaç, hokimlik göyo arazlagandek, yangilikdan şahar aholisini xabardor qilib qöyişni xohlamadi. “Hurmatli şahrimiz tadbirkorlari, peşlavhalar masalasi prezidentimiz huzurida körib çiqildi, özgarişlar bölişi kutilyapti”, degan ikki enlik izohni hokimlik kanalida uçratmaysiz.

M2M ötkazmalar bepul böladi

Seşanba kungi yiğilişda aholi va tadbirkorlar manfaati uçun yana qator takliflar ilgari surildi. Avvalo, 1 apreldan boşlab qator tovarlar savdosida naqdsiz tölovlarga ötilgani munosabati bilan, kartadan foydalanişdagi xarajatlarni kamaytiriş masalasi kötarildi. Unga köra, endilikda jismoniy şaxsning öziga tegişli kartalari örtasidagi pul ötkazmalari uçun komissiya olinmaydi. Ya’ni özingizga tegişli kartalar boşqa-boşqa banklarda oçilgan bölsa ham, ular örtasida foizsiz pul ötkazişingiz mumkin böladi.

Bundan taşqari, kafe-restoranlar hamda benzin va gaz quyiş şoxobçalaridan olingan çeklar böyiça keşbek tezlaştirilgan tartibda qaytarib berilişi kutilyapti. Amaldagi tartibga köra, çekdagi QR-kodni “Soliq” ilovasiga kiritgan taqdirda, çek summasining 1 foizi keyingi oyning 25-sanasida, şunda ham tadbirkorning soliq hisobotlarida muammo bölmasagina qaytarib beriladi. Tezlaştirilgan tartib aynan qanaqa işlaşi hozirça ma’lum emas. Bu va bitta şaxsga tegişli kartalar örtasidagi foizsiz ötkazmalar qaçondan amaliyotga joriy etilişi ham noma’lum bölib turibdi.

Tadbirkorlarning muammolariga kelsak, QQS guvohnomasini töxtatib qöyiş haqidagi qaror uçun kompyuter emas, soliq idoralarining rahbarlari şaxsan javobgar bölişi belgilanyapti. Kafe-restoranlar aylanmasining qança qismi naqdsiz şaklda bölişidan qat’i nazar, QQSning 40 foizini qaytarib olişi mumkin böladi. Soliq qarzi böyiça penya asosiy qarz summasidan oşib ketmasligi ham közda tutilmoqda. Şuningdek, markirovkali suv va içimliklarni agregatsiyalaş keçiktiriladi; markirovka qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdori kamaytiriladi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyorov uç nafar örinbosariga qöşib işdan olindi. Vazirlikni bundan buyon Eldor Odilov boşqaradi. Tizimdagi bunday ommaviy iste’fo sababiga rasmiy izoh berilmadi. Hafta davomida, şuningdek, soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş böyiça ikkita farmon va bitta qaror imzolandi. Bu hujjatlarga köra, xususiy klinikalar davlat budjeti hisobidan tibbiy xizmatlar körsatiş va transplantatsiya amaliyotlarini ötkaziş huquqini oldi; şu bilan birga, tibbiy faoliyatni litsenziyalaş böyiça yangi mexanizmlar işga tuşirilmoqda. Davlat şifoxonalari ham litsenziya olmagan taqdirda, ayrim çeklovlarga duçor böladi.

Samarqandda xatna qilingan bolalar fojiasi ham tibbiyotdagi vaziyatga bir baho böldi. Kun.uz suriştiruviga köra, Iştixon tumani tibbiyot birlaşmasida ön kun içida ikki nafar bola sunnat qilinganidan keyin vafot etgan. Bolalarning ikkisi ham soğlom holda şifoxonaga olib kelinib, xatna qilingan, lekin tegişli tartiblar qöpol ravişda buzilgan: bolalardan na tahlil olingan, na biror joyda bu amaliyotlar qayd etilgan. E’tiborlisi, jarrohlardan biri bolaning ölimidan keyin yuqoriroq mansabga kötarilib ketgan: u Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanining boş şifokoriga aylangan. Bolalar ölimi yuzasidan ikkita jinoyat işi oçilib, tergov harakatlari olib borilyapti.

Özbekiston böylab keng tarqalgan amaliyot – önlab boğça bolalarini bitta maşinaga solib taşiş fojialarga yetaklayapti. 5 may kuni ertalab Navoiy viloyati Nurota tumanida içida 14 nafar bola bölgan Matiz ağdarilib ketdi. Hodisa oqibatida bolalar turli darajada tan jarohatlari oldi, ulardan biri koma holatiga tuşgan. Avtomobil rulidagi boğça rahbari esa vafot etgan. U boğçaning 13 nafar tarbiyalanuvçisidan taşqari, özining 3 oylik çaqaloğini ham olib ketayotgan bölgan. YHHX marhumaning haydovçilik guvohnomasi bölmagani, tajribasizligi va çalğib qolişi oqibatida yöldan çiqib ketganini ma’lum qildi. Fikrimizça, mas’ullar bunday holatlarning keyingisida bolalar ham vafot etişini kutmasdan, tizimli va samarali yeçimlar berişsa, yaxşi bölardi.

Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning Nyu Yorkdagi konserti bekor qilindi. Bir qator mahalliy siyosatçilar va sionistik hamjamiyat qarşiligidan keyin, xonandaning 9 may kuni Bruklinda ötişi belgilangan konserti bekor qilingan. Aksiya iştirokçilari Yulduz Usmonovaning 2021 yilda Falastinni qöllab, yahudiylarga qarata aytgan gaplarini antisemitizm deb baholamoqda. San’atkor bu gaplari uçun uzr söramasligini aytib çiqdi. “Siz sionistlar meni uzr söraydi deb öylasangiz, qattiq yanglişasiz. Men öz qadriyatlarimda sobitman: men zöravonlikka qarşiman”, – dedi Usmonova. Ma’lumot uçun, Özbekiston xalqi artisti 11 may kuni Vaşingtonda konsert berişi ham reja qilingan, biroq nyu-yorklik ayrim siyosatçilar uning AQŞga vizasini bekor qilişni sörab davlat kotibiga xat yöllagan.

Sovet davrida qatağon qilingan vatandoşlardan yana bir guruhi oqlandi. Özbekiston Oliy sudining 6 may kungi qarori bilan, 1920–1934 yillarda sovet hokimiyatiga qarşi harakatlarda ayblangan 161 kişining nomi oqlandi. Ular “Uçlik” kengaşi qarorlari bilan bosmaçilik harakatlariga moddiy yordam beriş, qurolli guruh tuziş, sovet hokimiyatiga qarşi qözğolon va aksilinqilobiy faoliyatda ayblanib, 33 nafari otuvga hukm qilingan, qolganlariga 2, 3, 5 va 10 yilga konslagerga jönatiş jazosi tayinlangan. Ular orasida ayol kişi va voyaga yetmaganlar ham bor. Mazkur oqlov hukmini ham qöşib hisoblaganda, sönggi yillarda tarixiy adolatni tiklaş ustida işlayotgan işçi guruh faoliyati natijasida oqlangan qatağon qurbonlari soni 1236 nafarga yetdi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova