Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ozarboyjonning Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27 yanvar kuni Ozarboyjonning Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujum munosabati bilan bayonot e’lon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 27 yanvar kuni Ozarboyjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi, - deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. - Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz".
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirgan.
27 yanvar kuni Tehronda Ozarboyjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda elchixona xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, yana ikki xodim yaralandi.
Hujum mahalliy vaqt bilan soat 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs elchixonaga bostirib kirib, o‘q uzgan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri u bilan kurashib, qurolni tortib olishga uringan.
Ozarboyjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirish fakti yuzasidan tergov boshlandi. Ozarboyjon TIV voqea tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq batafsil e’lon qilinishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:59 / 02.06.2026