Siyosatşunos Farhod Tolipov sözlariga köra, ikki davlat fuqarolarining kirib-çiqişi bilan boğliq jarayonning yengillaştirilişi, viloyatlararo hamkorlik, savdo munosabatlarining rivojlantirilişi, çegara masalalarining hal qilinişi, «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yöli loyihasining «joyidan siljişi» davlat rahbari taşrifi davomida erişilgan muhim yutuqlar bölgan.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari rasmiy davlat taşrifi bilan Qirğiziston Respublikasida böldi.

Özbekistonlik siyosatçi Farhod Tolipov davlat rahbari taşrifini yuqori baholab, erişilgan bir qança muhim yutuqlarni sanab ötdi. Uning sölarini Azon TV keltirdi.

«Özbekiston prezidentining Qirğizistonga davlat taşrifi tarixiy ahamiyatga ega böldi. Strategik şeriklik töğrisida deklaratsiya qabul qilindi, lekin buni strategik şeriklikni kengaytiriş haqidagi deklaratsiya deb hisoblaş kerak. Çunki bunday bitim ança oldin, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Özbekistonga taşrifi davomida imzolangan edi. Öşa paytdan beri Özbekiston va Qirğiziston strategik şerik deb hisoblanadi», dedi Tolipov. 

Siyosatçi sözlariga köra, ikki davlat fuqarolarining özaro kirib-çiqişida yengillik berilişi misli körilmagan yutuq hisoblanadi.

«Taşrif davomida misli körilmagan yutuqlarga erişildi. Juda köp hujjatlar, kelişuvlar imzolandi. Lekin nazarimda eng muhimi – ikki davlat fuqarolarining özaro kirib-çiqişida pasport nazoratining yengillaştirilgani. Bunday qaror, yeçim hali Markaziy Osiyo davlatlari orasida bölmagan. Masalan, Özbekiston va Qozoğiston ittifoqdoşlik töğrisidagi bitimni imzolagan, ya’ni bu strategik şeriklikdan ham yuqori turadigan munosabatlar hisoblanadi. Lekin ikki davlat orasida fuqarolarning kirib-çiqişi bilan boğliq bunday yengillik hali yöq. Qirğiziston bilan yangi yeçim topildi, röyxatdan ötiş elektron tarzda böladi, ya’ni pasportga heç qanday muhr bosilmaydi. Hatto ID karta bilan ham ötiş mumkin. Bu juda katta yutuq», dedi Tolipov.

Uning sözlariga köra, nafaqat katta şaharlararo, balki viloyatlararo hamkorlik töğrisidagi hujjatlar qabul qilingani ham e’tiborga loyiq hodisa.

«Xususan, Namangan bilan Jalolobod viloyatlari, Farğona bilan Botkent viloyatlari, Andijon bilan Öş viloyatlari örtasida hamkorlik qilinadi. Viloyatlararo hokimlar kengaşi tuziladi, doimiy uçraşib turiladi», dedi siyosatçi.

Bundan taşqari, savdo-iqtisodiy munosabatlarda ham strategik şeriklarga mos marralarga erişilgan.