Turkiya Finlandiyaning NATOga kirishini ma’qullashi mumkin
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchi marta Turkiya Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini Shvetsiya qabul qilinishi bilan bog‘lamasdan ma’qullashi mumkinligini aytdi. Bu fikr siyosatchi va yosh saylovchilar o‘rtasidagi televizion uchrashuv chog‘ida bildirildi.
«Agar kerak bo‘lsa, Finlandiya uchun boshqacha javob berishimiz mumkin. Finlandiya uchun boshqacha javob berganimizda Shvetsiya hayratda qoladi», - dedi Turkiya rahbari.
U Shvetsiyadan «terrorchilar»ni ekstraditsiya qilish talabini takrorladi.
Gap Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) a’zolari haqida ketmoqda.
«Agar siz haqiqatan ham NATOga a’zo bo‘lishni istasangiz, bu terrorchilarni bizga qaytarasiz», - dedi Erdo‘g‘an.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaning Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘lish uchun ilgari surgan ayrim shartlari Stokholm uchun bajarib bo‘lmas darajada, deb ma’lum qildi.
«Turkiya bir vaqtning o‘zida ikkita narsani tan oladi – biz va’da qilganimizni bajardik va ular biz bera olmaydigan yoki bermoqchi bo‘lmagan narsani talab qilishyapti», — deya Kristerssonning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. U qanday shartlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Shvetsiya va Finlandiya Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish tartibini Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishidan keyin boshladilar. Stokholm va Helsinki 18 may kuni rasmiy ariza topshirgan. NATOning barcha 30 ta davlati qarorni ratifikatsiya qilishi kerak - shu kungacha 28 davlat buni amalga oshirgan. Turkiya va Vengriya hozirgacha bu qadamdan o‘zini tiyib turibdi.
Mavzuga oid
14:29 / 13.11.2024
Finlandiya Timchenko va Rotenbergning hokkey arenasini musodara qiladi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024