Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone'lar «avariyalar» haqida noto‘g‘ri signallar yuborayotgani ma’lum bo‘ldi
Chang‘ida va karuselda uchish holatlari iPhone 14 va yangi Apple Watch tomonidan yo‘l-transport hodisasi sifatida qayd etilmoqda.

Foto: Apple
Sentyabr oyida taqdim etilgan iPhone 14 va yangi Apple Watch yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash uchun mo‘ljallangan muhim yangilikni olgan edi. Qurilmalar o‘z sensorlariga tayanib, yo‘l harakati hodisasini aniqlash va maxsus xizmatlarga avtomatik tarzda xabar yuborish funksiyasiga ega bo‘ldi. Biroq, innovatsiya hali ham mukammallikdan yiroq ekani aytilmoqda. Autoevolution ma’lumotlariga ko‘ra, smartfonlardan ko‘plab yolg‘on xabarlar yuborilyapti.
Xususan, Yaponiya huquq-tartibot idoralari chang‘i uchayotgan odamlarning cho‘ntagida yotgan iPhone'dan ko‘plab noto‘g‘ri xabar kelayotganidan shikoyat qilmoqda. Keskin harakatlar va qorga sirpanib yiqilish holatlari smartfon tomonidan yo‘l-transport hodisasi sifatida qayd etilyapti va favqulodda xizmatlarga «avariya yuz bergani» haqida xabar jo‘natilmoqda.
Misol uchun, 2022 yil 16 dekabrdan 2023 yil 13 yanvargacha Kita-Alps Nagano yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan olingan 919 ta xabarning kamida 134 tasi yolg‘on bo‘lib chiqqan. Ular yaqin atrofdagi chang‘i kurortlaridan jo‘natilgan. Gujo shahrida ham iPhone'dan jo‘natilayotgan bunday «spam»dan shikoyat qilishgan: xabarnomalarning 40 foizi yolg‘on bo‘lib chiqqan.
Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat organlari smartfon egalaridan funksiyani o‘chirishni talab qila olmasligini tan olishadi, chunki u haqiqiy baxtsiz hodisa yuz berganda odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Qayd etish joizki, smartfon favqulodda xizmatlarni chaqirishdan oldin taymer orqali ortga hisoblashni boshlaydi, biroq chang‘i uchish paytida bunga e’tibor qaratilishi dargumon.
Bir necha hafta oldin Apple «avariyalarni» aniqlash tizimini takomillashtirish ustida ish olib borayotganini e’lon qildi, chunki u odamlar karuselda uchayotganida ham qutqaruvchilarni chaqirayotgan edi. Kompaniya dastlab bu tizimning yuqori aniqlikda ishlashi, million soatlik testlarda sinovdan o‘tkazilganini da’vo qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

21:38 / 22.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?

21:34 / 14.07.2025