Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amrillo Inoyatov xorijda jigar transplantatsiyasidan keyin ahvoli yomonlashgan Mardonbekning onasiga qo‘ng‘iroq qildi
Kun.uz'da e’lon qilingan xayriya aksiyasiga sog‘liqni saqlash vaziri e’tibor qaratdi. Amrillo Inoyatov ayni paytda Hindistonda bo‘lib turgan 2 yashar bemorning onasi bilan bog‘lanib, bolaga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini aytdi.

Kun.uz jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan kattaqo‘rg‘onlik 2 yashar Mardonbekka Hindistonda jigar ko‘chirib o‘tkazilgani xabar bergan edi.
Bolaga onasi donorlik qilgan, lekin hali chet eldan qaytmay turib, ahvoli og‘irlashgan go‘dakning sog‘ayishi uchun qo‘shimcha ko‘mak zarur.
Kun.uz'ning bu haqdagi xabari ortidan, sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov holatni o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi.
“Sal avval Hindistonda bo‘lib turgan Mardonbekning onasi Yulduz Baratova bilan telefon orqali shaxsan gaplashib, unga bunday damlarda yolg‘iz emasligini aytdim. Biz onaning ham, bolaning ham qisqa muddatda sog‘ayib, oyoqqa turishi uchun barcha tezkor choralarni ko‘ramiz.
Qolaversa, ular O‘zbekistonga qaytgach, davolanishi va reabilitatsiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz. Ular yurtimizdagi eng nufuzli klinika va tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘ladi.
Nafaqat jigar, balki inson boshqa a’zolarining transplantatsiyasi – hozircha yurtimizda yangi o‘zlashtirilayotgan soha. Shunga qaramay, davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, buyrak, jigar, yurak kabi organlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarimiz mahorat va tajriba to‘playapti.
Hozir bu borada mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, xorijning ilg‘or klinikalari bilan hamkorlik o‘rnatganmiz. Chet elda mutaxassislarimiz malakasini oshiryapmiz.
Shuni ishonch bilan aytamanki, bu sa’y-harakatlarimiz yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatib, bolalarning bunday murakkab va noyob operatsiyalar uchun vaqt va mablag‘ sarflab, xorijiy davlatlarga borishiga hojat qolmaydi”, – deya Amrillo Inoyatovning so‘zlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024