Bugun, 2 fevral – Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni. Bu töğrisida xalqaro ahamiyatga molik konvensiya imzolangan. Suv-botqoq hududlari köpgina noyob jonizotlar uçun boşpana, nasl qoldiriş maskani hisoblanadi.
Köpgina ösimlik va hayvon turlari, jumladan, bir qator noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan turlar suv-botqoqlarda yaşaydi. Suvli yerlarda ösadigan ösimliklar yirtqiçlardan boşpana va quşlar uçun uya bölib xizmat qiladi. Ba’zi hayvonlar turlari butun hayotini botqoq yerlarda ötkazadi, boşqalari – majburiy turlar – nasl beriş uçun suv-botqoq yerlariga borişlari kerak.
Suv-botqoq yerlari bu – yerning suv bilan töyingan yoki yilning bir qismi doimiy suv bilan qoplangan maydonlar. Suvli yerlarda uç xil ösimliklar ösadi: suv ostida ösadigan suvosti ösimliklari, suv yuzasida suzuvçi ösimliklar va botqoq ösimliklarning köp qismini taşkil etuvçi ösimliklar.
Çuçuk suvli botqoqlarda öt, yovvoyi gul va butalar, şör suvli botqoqlarda esa qamiş, şör ösimliklar mavjud. Suv-botqoq ösimliklari suvni uşlab turişga yordam beradi, bu esa mahalliy daryolarni suv bosişidan saqlaydi va suv eroziyasining oldini oladi.
Turli jonivorlar öz uylarini botqoqli joylarda quradi. Qunduz, kiyik, qorakuzan va ondatralar suvli yerlarda yaşaşi mumkin bölgan sutemizuvçilar sirasidan.
Alligator, ilon, toşbaqa, triton (kaltakesaksimon jonivor) va samandar (salamandra) suv-botqoqli joylarda yaşaydigan sudraluvçilar va amfibiyalar qatoriga kiradi. Qisqiçbaqalar, çivinlar va ninaçilar kabi umurtqasiz jonzotlar ham suv-botqoqli joylarda yaşaydi.
Ba’zi hayvonlar uçun botqoqlar öz uylari bölsa, boşqalari köpayiş uçun bu yerlarda töxtaydi. Quşlar, qoraquloqlar va qizil qanotli qoraquloqlar suv-botqoqli yerlardan uya qöyiş joyi va qöriqxona (ijtimoiy quşlar birgalikda uya quradigan joylar) sifatida foydalanadi.
Çiziqli bass, dengiz olabaliği va boşqa baliqlar suv-botqoq yerlardan uruğ qöyiş uçun joy va öz avlodlari uçun pitomnik sifatida foydalanadi. Kanada ğozlari, kök turnalar va loçinlar kabi köçib yuruvçi quşlar köpinça dam oliş uçun suv-botqoq joylarda töxtaydi, quyonlar, qurbaqalar va boşqalar esa yaşaş joyidan boşpana va yirtqiçlardan yaşiriniş uçun foydalanadi.
1971 yil 2 fevral kuni Eronning Ramsar şahrida xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvçi quşlarning yaşaş makoni bölgan suvli-botqoqli hududlar töğrisidagi














