26-27 yanvar kunlari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qirğizistonga bordi. Taşrif davomida «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryölini quriş borasidagi harakatlarni tezlaştirişga kelişib olindi.

Kun.uz muxbiri şu loyiha, uning ahamiyati va bu loyihada eng muhim iştirokçilardan biri bölgan Xitoyning Markaziy Osiyo, jumladan, Özbekiston bilan aloqalari hamda aloqalarning kelajakda qanday rivojlanişi mumkinligi haqida siyosiy tahlilçilar bilan intervyu ötkazdi.

Intervyu mehmonlari – xitoyşunos olim Ahadjon Xöjayev, siyosatşunoslar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimov böldi.

— «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryöli loyihasi haqida ançadan beri gapirib kelinardi. Ammo faqat Şanhay hamkorlik taşkilotining Samarqanddagi sammitiga kelibgina bu borada aniq kelişuvga erişildi. Ayting-çi, loyihaning biz va undan foydalanuvçilar uçun ahamiyati qanday?

Ahadjon Xöjayev:

— Bu qadimgi Ipak yölining magistral yöli ötgan yönaliş. Ğarb va Şarq örtasidagi eng xavfsiz yöl. Bu yöl tarixda özini töla oqlagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida Özbekiston tomonidan Buyuk ipak yölining yönalişida temiryöl va avtomobil yöllarini ötkaziş masalasi kötarilgan edi. Bu taklifga Xitoy hukumati ijobiy javob berdi. Şundan söng doim bu masala muhokamada böldi. Asosiy xarajatlarni Xitoy tomoni kötaradigan böldi va bu yöl 2005 yilda bitişi kerak edi. Ammo Rossiya va Xitoy manfaatlari mos tuşmagani sababli yöl oçilişi ortga surildi.

Nihoyat, 5 yil ötgaç, Xitoy hukumati töxtab qolgan loyihani qayta tasdiqladi va oldingidan 500 km uzunroq bölişi közda tutildi. Toğ hududidan ötadigan joylarda 14 ta tunnel qaziş kerak böldi. Avvalgi yönalişdan şimolroqqa surilişiga ham töğri keldi. Ammo ba’zi sabablarga köra, yana yöl qurilişi töxtab qoldi.

Şuning uçun ham mutaxassislar loyiha haqida gapirganda, yöl Xitoy va Rossiya muzokaralar qilib, kelişuvga erişgandan keyingina quriladi, degan fikrni bildirişadi. Agar yöl qurilmasa, Xitoy juda köp aylanma yöllardan foydalanişiga töğri kelardi va bu qimmatga tuşar edi.

Rossiyaning qarşilik qilişiga sabab esa hozirda Xitoyni Ğarb bilan boğlovçi yöl aynan Rossiya hududidan ötadi va Rossiya tranzitdan katta daromad oladi. Bundan taşqari, yuk olib ötiruvçilar yöl egasi bölgan Rossiyaga ma’lum darajada boğliq bölib qolgan. Hozir qurilişi kerak bölgan yölimizda esa katta mablağ tejaladi; Markaziy Osiyo davlatlariga daromad keltiradi; xalqaro yuk taşişda Rossiyaga boğliq tomonlar kamayadi. Özini imperiya deb hisoblaydigan Rossiya esa bunga rozi bölmasligi tabiiy.