Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Avstriyaning Vena shahrida “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” yangi formatining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ushbu uchrashuv haqida fikr bildirib, yangi formatning ahamiyatini qayd etdi.
– “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” yangi formatidagi ilk uchrashuvni o‘tkazishdan mamnunmiz. Ushbu muloqot joriy yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan va hamkorligimizni strategik sheriklik darajasiga ko‘targan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti natijalarining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi, – dedi Baxtiyor Saidov.
Uning ta’kidlashicha, har ikki mintaqaning – Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropaning – o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat mavjud.
– Hamkorligimizni kengaytirish va uni aniq, istiqbolga yo‘naltirilgan tashabbuslar bilan boyitish vaqti keldi, deb hisoblaymiz, – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Uchrashuvda Shimoliy Yevropa mamlakatlari – Islandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Tomonlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, barqaror rivojlanish, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, inson kapitalini rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Muloqot yangi formatdagi hamkorlikni institutsionallashtirish va kelgusi bosqichda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim siyosiy maydon sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026