Oçlik, vayronagarçilik, vabo va endi zilzila. Nega Suriyadagi vaziyat Turkiyadagidan oğirroq?
|18:47 / 09.02.202345 5359 min
Bir kunda uç marta sodir bölgan kuçli yer silkinişlaridan söng butun dunyoning diqqati asosan Turkiyaga qaratildi. Biroq qöşni Suriya ham bundan kam zarar körgani yöq, Suriya iqtisodining köp yillik fuqarolar uruşidan keyingi holati hisobga olinsa, zilzila oqibatlari suriyaliklar uçun yanada açinarliroq bölişi ma’lum.
Suriyaning eng köp zarar körgan hududlardan biri şimoli-ğarbiy hududlardir. Mamlakatning şimoliy qismi hamon isyonçilar nazorati ostida. Aynan şu yerga uç millionga yaqin kişi uruşdan qoçib kelgan. Ularning köpçiligi palatkalarda, qadimiy xarobalarda va vaqtinçalik boşpanalarda yaşaydi.
Uruş natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul tufayli ularning aksar qismi oçlikdan qiynalmoqda. Şu yilgi qişdagi yonilği inqirozi tufayli bu odamlarning katta qismi issiqliksiz ham qoldi.
Suriya infratuzilmasi vayron qilingani sönggi oylarda minglab insonlar vabo bilan kasallanişiga, ularga yordam berişi kerak bölgan şifoxonalarda tibbiy yordam beriş uçun heç kim va heç narsa yöqligiga olib keldi.
6 fevral kuni bularning barçasiga kuçli zilzila ham qöşildi. Kasalxonalardagi manzaralar jangovar harakatlar avjiga çiqqan manzaralarni eslatardi: palatalar bemorlar bilan tölib-toşgan, koykalar yetişmaydi, şifokorlar har bir burçakda jabrlanganlarni davolamoqda.
«Biz uzoq vaqt osmonga qarab harbiy samolyotlarni qidirdik. Mening miyam menga bu yana bir uruş ekanini piçirlardi», deydi suriyalik şifokor Osama Sallum.
Suriya şifoxonalarida joy, dori-darmon va jihozlar yetişmaydi. Foto: ANADOLU AGENCY
Sallum muxolifat nazoratidagi şimoli-ğarbiy mintaqadagi bir qator şifoxonalarni qöllab-quvvatlovçi Suriya-Amerika tibbiyot jamiyati fondida işlaydi.
«Men zilziladan bir neça soat ötgaç Atarebdagi kasalxonaga bordim. Men u yerdan çiqqanimda taxmiman 53 kişi halok bölgan edi. Yaradorlar sonini esa sanay olmadim», deydi şifokor.
Sallumning sözlariga köra, birgina uşbu şifoxonada allaqaçon 120 dan ortiq inson jon bergan va resurslar yetişmasligi falokat oqibatlarini bartaraf etişga imkon bermayapti.
«Vayronalar ostidan qutqarilgan odamlarning köpçiligida jiddiy jarohatlar bor, ular maxsus davolaş va zamonaviy jihozlarni talab qiladi» deydi Sallum. Uning qöşimça qilişiça, Atarebdagi şifoxonada faqat bittagina eski kompyuter tomografiyasi bor.
Mavzuga oid
Jangovar harakatlar deyarli tugagan bölsa-da, soğliqni saqlaş tizimi hamon tiklangani yöq. Xalqaro qutqaruv qömitasi ma’lumotlariga köra, hozirda Suriyada uruşdan oldingi tibbiy muassasalarning atigi 45 foizigina faoliyat körsatmoqda.
Uruş oqibatlari
Suriyaning ön yildan buyon davom etayotgan töqnaşuvlardan hali ham boş çiqqani yöq. 2020 yilda nisbatan mört sulhga erişildi, ammo mamlakat iqtisodiyoti butunlay vayron böldi, xalqaro donorlar yordami töxtadi. Şu sababli hozirda mamlakatning töliq tiklanişi haqida gap ham bölişi mumkin emas.
Uruş oqibatlari — katta vayrongarçiliklar, ötkir iqtisodiy inqiroz, valuta qulaşi zilzilaning halokatli oqibatlari bilan samarali kuraşişga imkon bermaydi.
Fevral oyi boşida Suriya şimolida qor yoğgandi. Foto: Getty Images
Qutqaruv guruhlari barça jabrlangan hududlarda tezda harakatga kirişdi, ammo vayronagarçilik kölami hatto ular uçun ham juda katta edi.
Qutqaruv texnikalari yetarli emas. 7,8 magnitudali birinçi zilziladan omon qolgan binolar takroriy yerosti silkinişlardan söng qulab tuşgan. Aholi yaşaş manzillariga bir neça yillik havo va artilleriya hujumlaridan söng bu hodisa ajablanarli emas.
Halabdagi aholi vakillarining aytişiça, odamlar binolarda qolişdan qörqmoqda, ular oçiq joylarda çodir tikişyapti yoki maşinalarda tunaşmoqda.
Mamlakatning Turkiya bilan çegaradoş şimoli-ğarbiy qismi Turkiyada joylaşgan muxolifat guruhlari tomonidan nazorat qilinadi va bu yerda 4,6 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
«Bu yerdagi ön minglab odamlar boşpanasiz qoldi», degan davlat nazorati ostida bölmagan hududlarda faoliyat yurituvçi, fuqarolik mudofaasi va qutqaruv işlari bilan şuğullanuvçi «Oq dubulğalilar» guruhi direktori Rayoz Saloh.
Zilziladan oldingi kuni Halab şimolida, Suriya va Turkiya çegarasidagi Bob Al-Salom nazorat-ötkaziş punktidan taxminan olti kilometr masofadagi Yazi Bag qişloği atrofida qoçqinlar uçun qurilgan vaqtinça lagerning körinişi şunday edi. Foto: Getty Images
Ba’zi joylarda kuniga bir soatdan ham kamroq vaqtda elektr energiyasi berilmoqda. Suv nasoslari fermalarda ham, turar joy binolarida ham işlamayapti. Bu oziq-ovqat mahsulotlari narxi oşişiga va toza içimlik suvi tanqisligiga olib keldi.
Yonilği yetişmovçiligi va vabo
Hozirga qadar Suriyaning vayron bölgan infratuzilmasini tiklaş böyiça keng kölamli harakatlar amalga oşirilgani yöq. Suriya hukumati bunga qisman bölsa-da Ğarb sanksiyalarini ayblamoqda.
Jahon banki ma’lumotlariga köra, Suriya yalpi içki mahsuloti 2010 va 2020 yillar oraliğida 50 foizdan köproqqa kamaygan va 2018 yilda past daromadli mamlakat sifatida qayta tasniflangan. Koronavirus pandemiyasi mamlakat iqtisodiyotiga, ayniqsa, soğliqni saqlaş tizimiga katta zarar yetkazdi.
Harbiy muvaffaqiyatlarga qaramay, Asad hukumati sönggi yillarda juda jiddiy pul tanqisligiga uçradi. Şu sababli boy tadbirkorlarni davlat xizmatlari va davlat xizmatçilarining xarajatlarini moliyalaştirişga majburlaşga töğri keldi.
Mamlakatda ötkir yonilği tanqisligi ham mavjud. 6 fevral kuni Suriya Neft va tabiiy resurslar vazirligi qutqaruv operatsiyalari va vayronalarni tozalaş uçun zarur bölgan asbob-uskunalarni energiya bilan ta’minlaş maqsadida jabrlangan viloyatlarga qöşimça ravişda benzin va dizel yetkazib berişini ma’lum qildi. Avvalroq Damaşq yonilği uçun subsidiyalarni sezilarli darajada qisqartirgandi, zilziladan zarar körgan viloyatlarda esa öz zaxiralari yöq edi.
2022 yilgi yonilği taqçilligi Suriyaning suv ta’minoti infratuzilmasi yomonlaşişi bilan birgalikda yana bir inqirozni – vabo epidemiyasini keltirib çiqardi. BMT ma’lumotlariga köra, dekabr oyi örtalariga kelib, mamlakatda 60 mingdan ortiq vabo bilan kasallaniş holati qayd etilgan.
REACH humanitar guruhi tomonidan Suriya şimoli-şarqida yaqinda ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, ba’zi suriyaliklar içimlik suvini tejaş uçun qöllarini yuvmasligi yoki töğridan töğri Frotdan suv içişini aytgan. Respondentlarning 82 foizi özlari yaşaydigan hududda köpçilikning bir bölak sovun olişga ham imkoniyati yöqligini bildirgan.
Bu qişda suriyaliklar isiniş uçun çiqindi va yonğoq çanoqlar yoqqan, haftada bir marta duş qabul qilgan va benzin yöqligi sababli uydan çiqmagan. Ba’zilar issiq ovqatdan voz keçgan. Boşqalar esa oziq-ovqat sotib oliş uçun qişki kiyimlarini sotgan.
Suriya mojarosi boşlangaç, mamlakatda yonilği tanqis bölib qolgan. Ayrim hududlarda aholi xom neftni qölbola şaroitida qayta işlaşga harakat qiladi. Foto: ANADOLU AGENCY
Endi bu qiyinçiliklarga zilzila oqibatlari ham qöşildi: vayron bölgan uylar va infratuzilma, barça örinlari liq töla kasalxonalar, oziq-ovqat va suv yetişmovçiligi.
Boşqa kutilmagan muammolar ham bor: masalan, Turkiya çegarasi yaqinida joylaşgan Rajo şahridagi vayron bölgan qamoqxona binosidan IŞID guruhining (köplab mamlakatlarda terrorçi deb tan olingan) jangarilari deb gumon qilingan yigirma yaqin kişi qoçib ketgan.
«Davlat xizmatlari 12 yillik inqirozdan söng allaqaçon jar yoqasida edi. Odamlar bu yilni uruş yillari bilan birga eng yomon yil deb aytmoqda», deydi Damaşqda joylaşgan Norvegiya Qoçqinlar kengaşining siyosat va aloqa böyiça menejyeri Emma Forster.
Foto: Getty Images
Xalqaro qutqaruv qömitasi vakili Mark Kayye butun dunyoni zilziladan söng Suriyaga köproq yordam jönatişga çaqirdi.
«Dunyoning istalgan nuqtasida bu favqulodda holat bölgan bölardi. Suriyada yuz bergan bu voqea esa favqulodda vaziyat içidagi favqulodda vaziyatdir», degan Mark Kayye.
Biroq, isyonçilar nazoratidagi hududlarga humanitar yordam 2014 yilda BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan yaratilgan transçegaraviy mexanizm sabab Turkiya orqali ötadi.
Damaşq va Moskva bu mexanizm Suriya suverenitetini buzayotganini ta’kidlab, bir neça bor norozilik bildirgan. Rossiya va Xitoy bosimi ostida vaqt ötişi bilan çegara punktlari soni törttadan bittaga qisqartirildi.
Hozirda bu ötiş joyiga olib keluvçi yöllar ham zilziladan zarar körgan va harakatlaniş imkonsiz holatga kelgan.
Turkiyaning özida yuz bergan vayronagarçilik kölami juda katta bölgan bir paytda, Suriyaning jabrlangan hududlariga humanitar yuklar qanday va qaçon yetib borişi tuşunarsiz.