Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni muhokama qilyapti
«El-yurt umidi» jamg‘armasi va Ispaniya xalqaro ta’lim xizmati vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Toshkentda faoliyat yuritayotgan Fransuz Alyansi va Germaniyaning akademik almashinuvlar xizmati bilan hamkorlikda qator qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli olib borilayotganini inobatga olib, Ispaniya ta’lim xizmati bilan ham ushbu yo‘nalishlarda aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Ispaniya ta’lim xizmati vakili Xose Aurelio Yaneza «El-yurt umidi» jamg‘armasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Ispaniya hukumatining Toshkent shahrida elchixona ochish bo‘yicha qarori ikki tomonning sa’y-harakatlari natijasidir. Ispaniya xalqaro ta’lim xizmati «El-yurt umidi» jamg‘armasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolashni taklif qilaman», dedi u.
Muloqotda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga yangi rahbar tayinlandi
20:24 / 16.02.2026
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
12:36 / 13.02.2026