Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni kutib olish uchun bir nechta zonalar paydo bo‘ladi
Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun «Toshkent» xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud qurishga qaror qildi.
«Yo‘lovchilar oqimining jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani munosabati bilan, yaqinlari va do‘stlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud yetarli bo‘lmay qoldi», deyiladi kompaniya xabarida.
14 yanvardan boshlab qattiq sovuq tufayli respublika aeroportlari aerovokzal binosiga odamlarni kutib olish uchun ruxsat olgan.
Bildirilishicha, 2018 yilda qurilgan uchib kelish zali xalqaro standartlarga javob bermaydi, u yerda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan.
«Bir necha kun ichida biz bojxona zonasini kutib olish zonasidan ajratish choralarini ko‘rdik. 400 kv m maydon har kuni aeroportga yaqinlarini kutib olishga kelganlar uchun juda torlik qildi. Odamlarning ko‘pligi kutib oluvchilar uchun ham, «jonli» yo‘lakdan o‘tishga majbur bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham noqulayliklar tug‘dirdi. Yo‘lovchilar va xavfsizlikni ta’minlovchi xizmatlardan juda ko‘p shikoyatlar kelib tushdi. Bu vaqt davomida biz kutib oluvchilar uchun yangi hudud loyihasi ustida ishladik. Ammo, birgina bino vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirmasligini anglab yetdik», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Ma’lum qilinishicha, taxminan mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv m bo‘lgan ikkita shunday hudud quriladi - biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi - ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chexiya hukumati navbatdagi ishonchsizlik votumini yengib o‘tdi
Jahon | 11:34
-
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 11:12
-
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Jahon | 10:55
-
Germaniya TIV rahbari va uning hamkasblari Eron TIV rahbari bilan uchrashuvni rejalashtiryapti
Jahon | 10:54
Mavzuga oid

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025