Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga yapon mutaxassislari jalb qilinadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov Yaponiya elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim, madaniy-gumanitar va iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirishdagi amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, o‘zaro savdoni rivojlantirish, eksport va investitsiyaviy hamkorlikni yuksaltirishning yangi yo‘llari hamda imkoniyatlarini izlash bo‘yicha ikki tomonlama sa’y-harakatlar muhim sanaladi. Elchi yapon biznesining o‘zbek hamkorlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqishi ortib borayotganini ma’lum qildi.
Tomonlar O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida malaka oshirish va tajriba almashish uchun yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilishdagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026