2001 yil, Hindiston, 13,8-20 ming qurbon 

Foto: Arko Datta—AFP/Getty Images

2001 yilning 26 yanvari, soat 03:16 da Hindiston janubi-şarqidagi Gujarat ştatida 7,6 balli yer qimirlaşi sodir böldi. Yerosti tölqinlari nafaqat Hindiston, balki qöşni Nepal, Pokiston, Xitoy kabi davlatlarda ham sezildi.

Zilzila turli hisob-kitoblarga köra, 13,8 mingdan 20 ming nafargaça insonning yostiğini quritdi, 170 ming kişi jarohatlandi. Mazkur zilzila mamlakatda yarim asr davomidagi eng kuçlisi deya tan olindi.  

2003 yil, Eron, 26 271 qurbon 

Foto: AP/Fars News Agency, Mohammad Fatemi

2003 yilning 26 dekabri, soat 01:26 da 6,6 magnituda kuçiga ega zilzila Eronning janubi-şarqidagi Kermon muzofoti, Bam şahrini töliq vayron qilib taşladi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, tabiiy ofat oqibatida 26 271 kişi halok böldi, 30 mingdan ortiği jarohat oldi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etişda 44 davlat vakillari iştirok etdi. 

2004 yil, Indoneziya, 225-300 ming qurbon 

Foto: Frans Delian/Shutterstock

2004 yilning 26 dekabri, soat 00:58 da sodir bölgan zilzila yangi asrning eng katta talafotli tabiiy ofati böldi. Hind okeanida, Sumatra orolidan 160 km nari va 30 km çuqurlikdagi epimarkazida 9,1-9,3 magnituda kuç bilan qözğaldi. Zilzilaning özi ham, paydo bölgan sunami ham şu qadar kuçli böldiki, paydo bölgan tölqinlar balandligi 10 metrgaça kötarildi.

1200 km masofadagi tektonik plitalar siljib ketdi. Ofat oqibatida Indoneziya, Tailand, Şri-Lanka, Hindiston kabi 14 davlat va 2,2 mln aholi zarar kördi. Nobud bölganlar soni böyiça turliça ma’lumotlar keltiriladi. Ammo 225 mingdan 300 minggaça inson hayotdan köz yumgani haqidagi ma’lumotlar tasdiğini topgan. Bu zilzila Tailandga 5 mlrd, Indoneziyaga 4,5 mlrd, Hindistonga 1,6 mlrd, Maldiv orollariga1,3 mlrd dollar iqtisodiy zarar ham yetkazgan.