Mudofaa vazirligi tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan statistik ma’lumotlar vazirlik tasarrufidagi qöşinlarda harbiy aloqa tizimidagi özgarişlar haqida söz boradi. Ta’kidlanişiça, vazirlik tizimidagi qöşinlarda 2017—2022-yillarda:

  • 1 600 kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan (şundan, 170 km 2018 yilda, 800 km 2019 yilda, 380 km 2020 yilda, 150 km 2021 yilda, 100 km 2022 yilda);
  • qöşinlar boşqaruvida elektron ma’lumotlar almaşiş tizimi 100 foizga raqamlaştirilgan (Bu körsatkiç 2018 yili 15 foizni, 2019 yili 50 foizni, 2020 yili 70 foizni, 2021 yili 90 foizni, 2022 yili 100 foizni taşkil etgan);
  • harbiy qism va muassasalar joylaşgan hududlar 100 foizga trank radioaloqasi bilan qamrab olindi (jumladan, 2019 yilda – 20 foiz, 2020 yilda – 40 foiz, 2021 yilda – 90 foiz, 2022 yilda – 100 foiz);
  • 210 dan ortiq mobil aloqa texnikasi zamonaviy körinişda modernizatsiya qilingan (2019 yilda 54 ta, 2020 yilda 42 ta, 2021 yilda 80 ta, 2022 yilda 36 ta mobil aloqa texnikasi zamonaviylaştirilgan).
Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi qöşinlarida harbiy aloqa tizimi 100 foiz raqamlaştirilgani hamda internetga ulangan bölinmalar soni 2 barobarga oşirilgani harbiy bölinmalarga dala şaroitlarida va turli vaziyatlarda raqamli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etiş imkonini bermoqda.

2017 yildan boşlab harbiy sohani raqamlaştiriş, modernizatsiya qiliş, zamon talablariga mos tuzilmaga aylantirişga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotgani natijasida 2019—2021 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda Qurolli Kuçlar akademiyasida ta’lim jarayoniga yangiliklar kiritilib, zamonaviy aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilindi. Buning natijasida harbiy kadrlar tayyorlaş tizimi innovatsion bosqiçga olib çiqildi va bulğusi komandirlar tomonidan nostandart vaziyatlarda operativ qarorlar qabul qiliş imkoniyati yaratildi.

Şu bilan birga, 2019 yili Markaziy harbiy okrug Situatsion markazi, “Foriş” va “Kattaqurğon” poligonlari, Mudofaa vazirligi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamda Mudofaa vazirligi qöşinlarini jangovar va kundalik faoliyatini boşqariş Markazi