Şavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oşiriş böyiça taqdimot bilan tanişdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

30 sentabr kuni prezident Pedagogik mahorat milliy institutida öqituvçilar bilan muloqot qilgan edi. Davlat rahbari uşbu uç yönalişning şaxs kamolotidagi örniga ahamiyat qaratib, ularni öqitişni takomillaştiriş dolzarbligini ta’kidlagandi.

Masalan, maktablardagi musiqa öqituvçilarining 21 foizi örta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining özi çolğu çala olmaydi. Sababi musiqa öqituvçilarining amaliy malaka oşiriş tizimi yöq, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yölga qöyilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvçilari öqituvçilikka qabul qilinmaydi.

«Şu bois maktablarda saboqlar sifatini oşiriş böyiça qator çora-tadbirlar taklif etilmoqda. Xususan, musiqa madaniyati fani öqituvçilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oşiriş tizimi yölga qöyiladi. Bu yönaliş böyiça öquv qöllanmalari, öqituvçilarga toifa berişning yangi tartibi işlab çiqiladi», — deyiladi xabarda.

«Turon maktab teatri»ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda «Iqtidor» havaskorlar badiiy jamoalari taşkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yönalişi bitiruvçilariga maktablarda işlaşga ruxsat beriladi.

Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanç maktab sifatida biriktiriş, iqtidorli öquvçilarni kaşf etiş maqsadida muntazam körik-tanlovlar ötkaziş zarurligi qayd etildi.

«Yoşlarni ommaviy sportga keng jalb qiliş ham muhim. Maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari örgatiladi. Lekin jismoniy tarbiya öqituvçilari uçun uslubiy qöllanmalar yöq. Öquvçilarni seleksiya qiliş tizimli emas.

Şuning uçun jismoniy tarbiya fani böyiça öquv qöllanmalar işlab çiqilib, öquv dasturlari takomillaştiriladi. Uşbu fan öqituvçilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlaş böyiça milliy baholaş tizimi yölga qöyiladi», — deya ta’kidlanadi xabarda.