Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining harbiy qismlaridan birida zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish sexi foydalanishga topshirildi. Bu yerdagi yaxlit bazada jangovar mashinalar tezkor va majmuaviy tiklanishi aytilmoqda.
“O‘zbekiston 24” xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida joylashgan inshoot Qurolli kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil yanvar oyida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida ishga tushirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mudofaa vaziri mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan ochilgan yangi obektni ko‘zdan kechirgan. Kadrlarda zavoddagi SSSR davrida ishlab chiqarilgan T-64 jangovar tanklar va 120 mmli o‘ziyurar gaubitsalar ko‘ringan. Axborotga ko‘ra, ular qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshiriladi.
«Bu yerdagi yaxlit bazada jangovar mashinalarni tezkor, majmuaviy va samarali tiklash, sozlash ishlari amalga oshiriladi. Ta’mirlash dasturiga yong‘inni boshqarish tizimi, o‘t o‘chirish vositalari, yurish qismlari, elektron va maxsus jihozlarni tiklash kabilar kiradi. Aslida bu yopiq ta’mirlash sikliga ega konveyerdir.
Masalan, o‘nlab nuqtalar harbiy texnikalarni saqlash holatidan jangovar holatga qaytaradigan, demontajdan to texnik nuqsonli zirhli mashinalarga to‘liq xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan turli xil ta’mirlash stansiyalari va murakkab ishlarni qamrab oladi,» – deyiladi xabarda.
Qurolli kuchlar faxriysi Odil Aminovga ko‘ra, avval O‘zbekistonda bunday zamonaviy sexlar bo‘lmagan. Tsex, shuningdek dala maydonidagi amaliy mashg‘ulotlarda ham ko‘chma faoliyat olib borishi mumkin.
Zavod yaqin kelajakda qo‘shimcha texnologik liniyalar bilan kengaytiriladi, zamonaviy uskunalar olib kelinadi. Asosiy maqsad Qurolli kuchlar mudofaa qobiliyati va jangovar tayyorgarligini oshirish ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
16:12 / 29.08.2024
AQSh harbiy texnikalarini O‘zbekistonda qoldirmoqda. «Tolibon» nega norozi?
21:42 / 20.08.2024