O‘zbekiston | 11:02 / 12.02.2023
21957
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda hokimlik xodimi pora olayotganida ushlandi

Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi qurilish firmasi vakilidan tenderda yutib berish uchun 370 mln so‘m talab qilgan. 

Foto: Videodan kadr

DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs tumandagi ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd 250 mln so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyihani tenderda yutib berish evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan. Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Yakkabog‘ tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid