Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil iyulda Toşkentda bölib ötgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ikki mintaqa örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş böyiça rezolyutsiya qabul qiliş taşabbusini bildirgan edi. BMT Boş Assambleyasiga taqdim etilgan hujjatda ikki mintaqa örtasidagi muloqotning umumiy yondaşuvlari, asosiy tamoyillari va yönalişlarini hujjatda mustahkamlaş taklif qilindi. BMT Boş Assambleyasining 76-sessiyasida Özbekiston tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş böyiça tayyorlangan rezolyutsiya bir ovozdan ma’qullandi va unga dunyoning turli mintaqalaridan 40 mamlakat hammualliflik qildi.

Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari Alişer Qodirov va Sarvar Kamolovlar Kun.uzʼga taqdim qilgan maqolasida uşbu rezolyutsiyaning ahamiyati borasida söz boradi.

«Hujjat xalqaro hamjamiyat köpçilik a’zolarining fikrini özida aks ettiradi va uning mintaqalararo özaro boğliqlikni rivojlantiriş, xavfsizlikni ta’minlaş, jumladan, mintaqalar örtasida aloqalarni örnatişda Afğonistonning rolini oşiriş, oziq-ovqat xavfsizligi, savdo-iqtisodiy aloqalar samaradorligini oşiriş, transport va tranzit koridorlarini rivojlantiriş kabi sohalardagi faoliyatini kuçaytirişga qaratilgan.

Qarorning qabul qilinişini nafaqat Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, balki butun xalqaro hamjamiyat uçun tarixiy voqea sifatida ta’riflaş mumkin. Buning ma’nosi şundan iboratki, u birinçi marta bugungi şaroitda global mintaqalararo rivojlaniş strategiyasi va dasturlarini uzoq muddatli asosda amalga oşiriş uçun qonuniy ravişda ta’minlandi va qöşimça imkoniyatlar oçdi.

Ikkinçidan, ikki mintaqa mamlakatlari diplomatik munosabatlar tarixida özaro hamkorlikning yangi bosqiçiga qadam qöydi, buni ularni birlaştiriş jarayonidagi dastlabki qadamlar deb ataş mumkin. Davlatlar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş va öz mamlakatlari, xalqlari taraqqiyoti uçun barqaror rivojlanişni ta’minlaş böyiça birgalikdagi harakatlarni amalga oşiriş imkoniyatini tasdiqladi», - deydi mualliflar.

Rezolyutsiya Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoning mintaqaviy va global tahdidlarni hal qilişda muvofiqlaştirilgan yondaşuviga aylandi. Şuningdek, u Özbekistonning mintaqaviy siyosati xalqaro hamjamiyatning yuksak e’tirofi va qöllab-quvvatlanişini ifoda etadi va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirişda yangi bosqiç böladi.