Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yiliga 95 mlrd so‘mlik “tok” tejaladi – Navoiyda yashil energiyaga o‘tish boshlandi
2026 yilga qadar budjet tashkilotlarining binolari energiya iste’molining 60 foizini yashil energiyaga bosqichma-bosqich o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Navoiyda bu borada ishlar boshlab yuborilgan. Hozirgacha viloyatda 7 236 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, bir oyda o‘rtacha 782 mln so‘mlik elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda budjet tashkilotlarining binolari energiya iste’molining 30 foizini yil oxirigacha, yana 30 foizini keyingi ikki yilda yashil energiyaga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Eng ko‘p energiya sarflaydigan korxonalarga o‘z iste’molining kamida 30 foizini qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tkazish majburiyati yuklanishi mumkin. Davlat organlari va tashkilotlarida 2023 yilda energiya iste’molining 30 foizini yashil energiyaga o‘tkazish hisobiga 448,7 mln KWsoat elektr energiyasi, 2026 yilda esa 60 foizini o‘tkazish hisobiga o‘rtacha 897,4 mln KWsoat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.



Navoiy viloyatida budjet tashkilotlarida yashil energiyaga o‘tish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Jumladan, viloyat hokimligi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, o‘zi elektr energiyasining “egasi” bo‘lgan “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari” AJ, ta’lim muassasalari hamda boshqa ko‘plab tashkilotlar binolari tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilgan.
“Navoiy hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimining ta’kidlashicha, joriy yilda viloyat hududidagi shahar va tumanlarga jami 87 ming kVt quvvatdagi quyosh panellari, quyosh fotoelektr stansiyalar hamda 102 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalarini joriy qilish rejalashtirilgan.

“Navoiy viloyatida tegishli yo‘l-xaritalari ishlab chiqilib, qancha quyosh panellari o‘rnatilishi belgilab olingan. Bu boradagi ishlar reja asosida, tizimli tashkil etilmoqda. Ijtimoiy sohalarda, shahar va tuman hokimliklari, IIB bo‘limlari, moliya hamda davlat soliq boshqarmalarida quyosh panellari o‘rnatilib, foydalanib kelinyapti. O‘rnatilgan quyosh panellari o‘sha tashkilot elektr energiya iste’molining 30 foizini qoplab bermoqda”, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali yetakchi muhandisi Narzibek Haitov.

Joriy yilda viloyat hududidagi hokimlik binolariga 570 kVt, davlat tashkilotlari va korxonalariga 1410 kVt, tadbirkorlik sub’yektlariga 6690 kVt, aholi va “temir daftar”dagi xonadonlarga 880 kVt, yirik quvvatli tashkilotlarga 77 450 kVt quvvatdagi quyosh panellarini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda. Shu va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida, yiliga o‘rtacha 95,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi iqtisod qilinadi.
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
11:44 / 22.05.2026