2023 yil 1 sentabrdan boşlab, Özbekistonda budjet taşkilotlariga quyoş paneli va issiq suv kollektorini örnatiş majburiyati yuklanişi mumkin.

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga köra, 2026 yilga qadar budjet taşkilotlarining binolari energiya iste’molining 60 foizini yaşil energiyaga bosqiçma-bosqiç ötkaziş közda tutilmoqda.

Natijada, davlat organlari va taşkilotlarida 2023 yilda energiya iste’molining 30 foizini yaşil energiyaga ötkaziş hisobiga 448,7 mln KW.soat elektr energiyasi, 2026 yilda esa 60 foizini ötkaziş hisobiga örtaça 897,4 mln KW.soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.

Bundan taşqari, quvvati 20 KW va undan past bölgan quyoş, şamol va biogaz elektr stansiyalarini past kuçlanişli (0,23-0,4 KW) elektr tarmoqlariga ulaş uçun texnik şart oliş talab etilmasligi belgilanadi.

Hozirda quvvati 20 KWgacha bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini tarmoqqa ulaş uçun texnik şartlar olinib, şartnoma tuziş tartibotlari bor. Yangi tartib qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatmoqçi bölgan jismoniy şaxslarga qulaylik yaratadi.

Farmon loyihasiga köra, 2023 yil 1 sentabrdan boşlab, yillik hajmi 2 ming tonnadan ortiq şartli yoqilği yoki 1 ming tonnadan ortiq motor yoqilğisiga teng energiya resurslarini sarflaydigan taşkilotlarga öz energiya iste’molining kamida 30 foizini qayta tiklanuvçi energiya hisobiga ta’minlaş majburiyatini yuklaş nazarda tutilgan.

Izohlanişiça, 2023–2026 yillar davomida iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilği-energetika resurslarini iste’mol qilayotgan 25 ta yirik korxona va taşkilotning umumiy iste’mol hajmi 4 mlrd KW.soatni taşkil etişi inobatga olingan holda, bu taşkilotlar öz iste’molini kamida 30 foizini qayta tiklanuvçi energiya manbalar hisobidan ta’minlaşi orqali kamida 1,2 mlrd KW.soat elektr energiyasi tejalişiga erişiladi.

Şuningdek, qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga olinadigan minimal energiya miqdori böyiça talablarni bajarmagan taşkilotlar tomonidan