Şusiz ham suv taqçilligi, qurğoqçilik va çöllaniş kabi muammolar bilan kuraşayotgan Özbekiston oldida yana bir jiddiy muammo paydo bölgan.
2022 yil 31 mart kuni “Tolibon” hukumati mamlakat şimolidagi yirik kanal qurilişi loyihasi taqdimotini ötkazgan edi. Unga köra, Balx viloyati hududida Amudaryodan boşlanadigan Qöştepa kanali qurilmoqda.
Suv kam yillarda Amudaryo suvi 34 kub kilometrgaça pasayadi. Agar bu kanal qurib bitkazilsa, daryoning deyarli 10 kub kilometr, ya’ni uçdan bir qism suvi Afğonistonning içkari hududlariga oqib ketadi. Bu esa Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, şuningdek Turkmaniston uçun jiddiy oqibatlar yaratişi mumkin.

Kun.uz Özbekiston oldida turgan bu yirik muammo va umuman Afğonistondagi vaziyat, u yerdagi muvaqqat hukumatning Özbekiston hukumati bilan aloqalarida paydo bölgan çigalliklar haqida qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov, siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Suhrob Böronov bilan suhbatlaşdi. Suhbatni töliq holda uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Bu materialda esa Qöştepa kanali qurilişi Amudaryoga va qöşni davlatlarga qanday ta’sir ötkazişi haqida bir muddat avval jurnalist Natalya Şulepina e’lon qilgan tahliliy maqolada berilgan ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratmoqçimiz.
Avvalo ta’kidlaş kerak, qurilayotgan kanal orqali afğonistonliklar şimoliy uçta viloyatda qişloq xöjaligini rivojlantirişni maqsad qilgan.

Kanal Amudaryoning Balx viloyati Kaldar tumanidan ötgan qismidan boşlanadi. Loyihani Afğonistonning Milliy taraqqiyot kompaniyasi davlat mablağlari hisobidan amalga oşirmoqda.
Kanal uzunligi 285 kilometrni taşkil etişi ma’lum. Loyiha qiymati 684 million dollarga baholangan. Kanalning kengligi 100 metr, çuqurligi 8,5 metr. 2022 yil mart oyidan boşlab 4 ming nafargaça kişi iştirokida faol quriliş işlari olib borilmoqda.











