Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va KADHK (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Quvayt, Ummon, Bahrayn) dan 70 dan ortiq nufuzli mutaxassislarni bir joyga to‘playdi.

Foto: "Dunyo" AA
28-29 aprel kunlari Toshkent shahrida «Strategik sheriklikni mustahkamlash: tarixiy aloqalardan keng qamrovli hamkorlik sari» mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tahlil markazlari birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Saudiya Arabistonining Gulf Research Center tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va KADHK (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Quvayt, Ummon, Bahrayn) dan 70 dan ortiq nufuzli mutaxassislarni bir joyga to‘playdi hamda ikki ulkan makromintaqaning kelajakdagi hamkorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tadbirga KADHK Kotibiyati, diplomatik korpus va ishbilarmon doira vakillari ham taklif etilgan.
Forum ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi joriy va istiqboldagi hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qiladilar. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha siyosiy muloqotni va o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni mustahkamlash, savdo va investitsiya aloqalarini chuqurlashtirish, «yashil» energetika va transport yo‘laklarini rivojlantirish sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ekspertlar diqqat markazida bo‘ladi.
Mintaqalararo hamkorlikka sifat jihatidan yangi sur’at baxsh etadigan hamda mamlakatlar o‘rtasidagi birgalikdagi rivojlanish salohiyatini to‘liq namoyish etuvchi amaliy tashabbuslarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
Qo‘shma bayonot qabul qilinishi hamda Markaziy Osiyo va KADHK tahlil markazlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi Forumdan kutilayotgan asosiy natijalardan hisoblanadi. Mazkur hujjatlar ikki mintaqa ekspert hamjamiyatlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam poydevor yaratishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari yetakchilarining ikkinchi sammiti kun tartibiga kiritiladi.
Bo‘lajak forum Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mamlakatlari o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilib, umumiy tarixiy merosni qayta tiklash va ko‘p qirrali muloqotni mustahkamlash uchun yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

16:58 / 03.06.2025
Jonim-u qonim beshlik

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

15:36 / 02.06.2025
Sanksion tovarlarning O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazilishi qisqargani qayd etildi

22:40 / 31.05.2025