Bloomberg: Ukrainaga bosqin tufayli yangi qurollanish poygasi boshlandi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli ko‘plab hukumatlar harbiy doktrinalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi, deb xabar beradi Bloomberg.
Butun dunyo hukumatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli harbiy doktrinalar, qurol-yarog‘ zaxiralari, harbiy texnika va ta’minot yo‘llarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi boshlanganidan bir yil o‘tib, dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi, deb ma’lum qildi Bloomberg 17 fevral, juma kuni manbalar va ochiq ma’lumotlarga tayanib.
Agentlik ta’kidlaganidek, harbiy strategiyalar nafaqat Yevropa davlatlari, balki AQSh, Xitoy, Tayvan va Hindiston tomonidan ham ko‘rib chiqilmoqda. Ukrainaga yaqin bo‘lgan ko‘plab davlatlar mudofaa xarajatlarini keskin oshirdi, harbiy ishlab chiqarish quvvatini kengaytirdi, xizmatdagi tanklar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlari sonini ko‘paytirdi.
Bloomberg tahlilchilariga ko‘ra, ba’zi AQSh rasmiylari Yevropa va Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni o‘zaro bog‘liq yoki birlashgan deb biladi. G7 mamlakatlari va ba’zi BRIKS mamlakatlarida yadroviy urushdan oziq-ovqat muammolarigacha bo‘lgan xavflar haqida xabardorlik kuchaygan.
Bloomberg’ning qayd etishicha, NATOning mudofaa xarajatlari 1980-yillardan 2022 yilgacha doimiy ravishda qisqargan, biroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kirganidan keyin o‘sishni boshlagan. 2023 yilda Polshaning mudofaa xarajatlari ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. Mudofaa sohasiga mamlakat budjetidan 97,4 milliard zlotiy (20,39 milliard yevro), budjetdan tashqari armiya fondidan yana 30-40 milliard zlotiy (6,3-8,4 milliard yevro) ajratiladi. Umuman olganda, Polshaning mudofaa xarajatlari YaIMning 4 foizini tashkil qiladi.
Bloomberg eslatishicha, o‘tgan yili Germaniya mamlakat harbiy budjetini moliyalashtirish uchun 100 milliard yevrolik maxsus fond yaratgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Germaniya mudofaa budjeti yana 10 milliardga oshadi. Fransiya ham harbiy xarajatlarni oshirmoqda. O‘tgan yili mamlakat hukumati 2024-2030 yillarda mudofaa xarajatlari uchun 400 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi, bu o‘tgan harbiy xarajatlardan uchdan bir baravar ko‘pdir, deya qayd etadi agentlik.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, NATO davlatlari harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda ularning arsenallari juda tez tugashidan qo‘rqishadi. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bir hafta ichida Donbassdagi rossiyalik harbiylar G‘arbning Afg‘oniston, Livan, Mali va Iroqda 13 yillik ishtirokida foydalanilgan Caesar gaubitsasi snaryadlarini ota oladi. Buyuk Britaniya, shuningdek, mamlakatning 155 millimetrli artilleriya snaryadlarining to‘liq zaxirasi o‘tgan yozda Donbassdagi janglarda rus harbiylari tomonidan ikki kun ichida, Ukraina harbiylari tomonidan esa bir hafta ichida tugatilishi mumkin, deb hisoblaydi.
«Bu sovuq urushdan keyingi davrning tugashi haqidagi hikoya va u 2022 yil 24 fevralda tugadi. Barcha armiyalar buni boshidan kechirmoqda, chunki hozir hech kimda, jumladan, Qo‘shma Shtatlarda ham katta va shiddatli urush olib borish uchun shunday zaxiralar yo‘qligi aniq», - dedi harbiy tahlilchi Fransua Heysbourg Bloomberg bilan suhbatda.
Agentlik shuningdek, Ukrainadagi urush butun dunyoda qurol nazoratiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydi. Rossiya va AQSh strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomaga oid muzokaralarni to‘xtatdi. The Wall Street Journal Rossiya tomonidan shartnoma qoidalarini buzishning ikki holati haqida xabar berdi: yadroviy obektlarni tekshirishni bloklash va kelishuvni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan to‘siqlarni muhokama qilish uchun uchrashishdan bosh tortish. Uchrashuv Qohirada 29 noyabrdan 6 dekabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Rossiya oxirgi lahzada AQShning dushmanligini bahona qilib, uni bekor qildi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024