Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi mahallada bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi. Ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik korxonasi barpo etildi. 30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi. Korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari uchun buyurtma olgan.

Shavkat Mirziyoyev mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilar bilan suhbatlashdi.

- Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Bular - xalq ichiga kirib, xalq bilan birga qilayotgan sa’y-harakatlarimizning kichik bir natijasi. Agar hokimlik va tashkilotlar sharoit yaratib berolsa, har bir oila o‘zini eplab ketolsa, maqsadimga erishgan bo‘laman. Shunda katta oilamiz - davlatimiz ham mustahkam bo‘ladi, - dedi prezident.

Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik mahsulotlaridan namunalar namoyish etildi. Ular ishlab chiqarishda va kasanachilik asosida xotin-qizlar bandligini ta’minlayotganini so‘zlab berishdi. Davlat rahbari ularning bu boradagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis shoxobchalari, Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi bor. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi mukammal ta’mirlangan. Aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar choyxonasi”, kutubxona, sport maydonchasi, hammom va xiyobonlar tashkil etilgan.


Davlat rahbari bu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shu yerlik Baxtiyor Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026