Bugun dunyoda Toyota haqida eşitmagan odam bölmasa kerak. Bu korporatsiya asosan avtomobilsozlik sohasi bilan tanilgan bölsa-da, u köplab boşqa texnika va transport turlarini işlab çiqaradi. Ular orasida töqimaçilik dastgohlari, harbiy texnikalar va planetaxodlargaça bor. Bugun ular Toyota Group konserniga birlaşgan.

Kompaniya ilk taşkil etilgan vaqtda töqimaçilik dastgohlari işlab çiqargan. Keyinçalik avtomobil sanoatiga ötgan. Toyota bir neça ön yillardan buyon dunyo avtombil sanoatida eng köp maşina işlab çiqariş böyiça yuqori örinlarni egallab kelmoqda.

Yaponiyada Toyota tarixi haqida gap oçilsa, eng avval uning birinçi prezidenti Kiiçiro Toyoda emas, kompaniya asosçisi Sakiçi Toyoda eslanadi.

Sakiçi Toyoda

Sakiçi nafaqat Toyota kompaniyasi, balki Yaponiyada avtomatik uskunalar işlab çiqariş sohasining ham asosçisi deb tan olingan. U ixtiro qilgan töquv dastgohlari Yaponiyada işlab çiqariş sohasi rivojlanişiga katta turtki bölgan.

1867 yilda duradgorlar oilasida tuğilgan Sakiçi Toyoda 1890 yilda özining ilk töquv dastgohini ixtiro qiladi. Öşa yili u dastgohni Tokiodagi milliy sanoat körgazmasida ommaga taqdim etadi va unga patent oladi.

1896 yilda Sakiçi Yaponiyada birinçilardan bölib yarim avtomat töquv dastgohini ixtiro qiladi.

1910 yilda Sakiçi AQŞ va Yevropa mamlakatlarida bölib töqimaçilik uskunalarini örganadi. Yaponiyaga qaytgaç töliq avtomatik tarzda işlovçi töquv dastgohi yaratiş ustida işlay boşlaydi.

Nihoyat bir neça yillik mehnatdan söng 1924 yilda Sakiçi Toyoda dunyoda birinçi bölib töliq avtomat tarzda işlaydigan töquv dastgohini ixtiro qiladi.

Sakiçi ixtiro qilgan avtomat töquv dastgohi

Öşa paytlarda töqimaçilik sohasida faoliyat olib boruvçi kompaniyalar bu ixtironi kutilgandan ança yaxşiroq qarşi olişadi. Şu bois ham Toyoda dastgohlari juda tez fursatda tanila boşlaydi.

1926 yilda Sakiçi Toyoda Toyoda Automatic Loom Works kompaniyasini taşkil etadi va töquv dastgohlarini seriyali tarzda işlab çiqara boşlaydi.