AQSh Rossiyaga bosimni oshirish niyatida
Yangi choralar Moskvaning mavjud cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishlariga qarshi qaratilgan bo‘ladi.
G‘arb sanksiyalari joriy etilganidan bir yil o‘tib, Rossiya iqtisodiy jihatdan G20 davlatiga emas, balki Eronga ko‘proq o‘xshab ketyapti, dedi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Moskva Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishini to‘xtatmaguncha, Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirish ustida ishlashni davom ettiradi va sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyatini to‘xtatish choralarini ko‘radi, deya rasmiyning so‘zlarini keltiradi Amerikaning CNN telekanali.
Amaldagi cheklovlarning samaradorligi belgilari haqida gapirar ekan, Adeyyemo Rossiya budjeti taqchilligi va sanoat ishlab chiqarishining pasayishiga ishora qildi. "O‘tgan yili Rossiyada prognoz qilingan budjet profitsiti o‘rniga 47 milliard dollarlik kamomad yuzaga keldi. Bu mamlakat possovet davrida duch kelgan ikkinchi yirik kamomaddir. Rossiyada sanoat ishlab chiqarishi ketma-ket to‘qqiz oy davomida pasayib bormoqda va biz Kreml sanoat bazalarini yanada yo‘q qilish uchun keyingi harakatlarni rejalashtirmoqdamiz", dedi u.
Moliya vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarini faol izlamoqda, bu ularning samaradorligini tasdiqlaydi va cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishlarga qarshi yangi choralar joriy etiladi.
Avvalroq G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024