Jahon | 15:54 / 21.02.2023
9262
2 daqiqa o‘qiladi

Putin 2024 yilgi prezidentlik saylovlari «barcha demokratik konstitutsiyaviy tartiblarga rioya qilingan holda» o‘tkazilishiga va’da berdi

U hozircha yangi muddat uchun nomzodini qo‘yishini e’lon qilmagan.

Foto: TASS

RF prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaati vaqtida 2024 yilgi prezidentlik saylovlari, shuningdek 2023 yil sentabriga belgilangan gubernatorlik saylovlari va regionlarda qonunchilik kengashlari uchun saylovlar «qonunga qat’iy rioya qilingan holda» o‘tkazilishini aytdi. Uning bu boradagi so‘zlari «Interfaks» tomonidan keltirilgan.

«Ta’kidlashni istardimki, shu yil sentabrida mahalliy va mintaqaviy organlar uchun saylovlar, shuningdek 2024 yilgi prezidentlik saylovlari — qonun talablariga va barcha demokratik konstitutsiyaviy tartiblarga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi», — degan Putin.

  • Yanvar oyi boshida «Kommersant» manbasi Kreml 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga unda Vladimir Putin ham ishtirok etishidan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini xabar qilgandi. Vladimir Putin hozircha yangi muddat uchun nomzodini qo‘yishi haqida e’lon qilmagan. RF prezidentligi uchun saylovlar 2024 yil 17 martida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
  • 2023 yil 10 sentabrida 25 regionda, jumladan Moskva shahri va Moskva oblastida gubernatorlik saylovlari o‘tkaziladi. 20 regionda, jumladan Rossiya hukumati Ukrainadan qo‘shib olgan hududlarda esa hududiy parlamentlar deputatlari saylanadi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid