Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bilan tibbiyot sohasidagi o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanmoqda
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida Hindiston bilan ham o‘zaro hamkorlik borasidagi sezilarli muvaffaqiyatlar ko‘zga tashlanmoqda.

Mamlakatimiz hududida Hindistondagi yetakchi shifoxonalar filiallarining ochilishi bu boradagi ijobiy natijalarga yaqqol misol bo‘la oladi. Tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik ham o‘zaro aloqalarning sur’atiga mos ravishda jadal rivojlanib bormoqda. Hindistonlik talabalarning mamlakatimiz tibbiy ta’lim muassasalarida tahsil olishayotgani respublikamizdagi ta’lim sifati ilg‘or davlatlar ta’lim andozalari darajasiga mos ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tibbiy ta’lim muassasalari xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirish borasida samarali ishlarni olib borayotgani sog‘liqni saqlash sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda ta’lim darajasi nufuzining yanada yuksalishiga zamin yaratmoqda.
Bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida joriy yil 16 fevral kuni Hindistonning “ Neo Institute of Medical Science and Technology” kompaniyasi bilan hamkorlikda Telangana shtatining Haydarobod shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining rasmiy vakolatxonasi ochildi.
Uning ochilishi marosimida Toshkent Tibbiyot akademiyasi rektori professor A.Shodmonov, akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Jafarov, mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi vakillari, “ Neo Institute of Medical Science and Technology” kompaniyasi rahbari Divya Raj, hindistonlik talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Marosim chog‘ida mehmonlarga Toshkent tibbiyot akademiyasining faoliyati, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar, erishilayotgan muvaffaqiyatlar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar o‘rtoqlashildi.
Yangi ochilgan vakolatxona sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va boshqa sohalarda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijiy jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish hamda hindistonlik yoshlarni Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishga jalb etish, akademiya va Hindistonning yetakchi shifoxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Hindistonning tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va ularni akademiya faoliyatida tatbiq qilish kabi vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga safari davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Haydarobod shahridagi “ Sri Sri Holistic” shifoxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat “ Sri Sri Holistic” shifoxonasi negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv dasturi doirasida Hindistonda amaliyot o‘tashi va shifokorlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkonini ham beradi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025