Onalar qarşisiga ikki tanlov turardi. Yo haqiqiy farzandi bilan uyga qaytiş yo 6 kun oq sut berib mehr qöygan begona bolani farzand qilib oliş. Muşkul vaziyatda qolgan onalar begona bolani tanlaşdi.

Biriga Ziyodillo, ikkinçisiga Izzatillo deb ism qöyildi. Vaqt ötib ota-onalar çaqaloqlarni almaştiriş şart degan xulosaga kelişdi. Lekin allaqaçon 2 yoşga tölgan va qalbining bir parçasiga aylangan bolalarning onalari ularni almaşişga közi qiymas edi.

 Ziyodillo va Izzatillo,1986 yil
Ziyodillo va Izzatillo,2023 yil

Nihoyat farzandlar almaştirildi. Lekin bu jarayon oson keçmadi. Yigitçalar özga onaning suti bilan ranglari özgarib yuz-közlari asl avlodlariga torta boşlagandi.

Ikki oila örtasida almaşiş uçun muzokaralar boşlanadi, har ikki ona ikkalasi ham özida qolişini xohlaşadi. Biri öz vujudidan dunyoga kelgan bölsa, ikkinçisiga bir yarim yil oq sut berib katta qilgan, tun-u kun yuzlariga termilib, barça qiliqlarini sevib örgangan bolasi.

Oilalar bolalarni almaşib bölişgaç, bolalar ismlari ham Ziyodillo-Izzatilloga almaşadi va aksinça, guvohnomalarda faqat otasi va onasi degan joylari özgaradi xolos.

1986 yil. Bolalar öz onalarini topgan kun
 Bugungi kun (2023 yil)

Ziyodillo va Izzatillo ikkisi ham oilada 4-farzand, ikkisi ham şifokor, bir-biriga juda qadrdon. Har birining ikki onasi, ikki otasi bor, ahil-inoq bölib ketişgan.

“Şifokorlar çaqaloqlar almaşib qolganini heç kimga aytmasligimiz haqida uqtirişgan”– Izzatillo Abdusalimovning onasi Odinaxon Abdusalimova