Payariq tumani markaziy şifoxonasi tuğuruqxona bölimi hamşirasi ruhiy nosoğlom ayolning 3 kunlik qiz farzandini aldov yöli bilan öğirlab olib çiqib ketgan. Söngra bolani 5 mln söm va 100 AQŞ dollariga sotib, pulni özining şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Sud hukmi bilan hamşira 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Payariq tumanida tuğuruqxonadan ayolning çaqaloğini olib çiqib, sotib yuborgan hamşira jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1981 yilda tuğilgan K.A. Payariq tumani markaziy şifoxonasi tuğuruqxona bölimi hamşirasi lavozimida işlagan. U 2025 yil 12 aprel kuni ruhiy nosoğlom bölgan Z.X.ning 3 kunlik çaqaloğini aldov yöli bilan tuğuruqxonadan öğirlab olib çiqqan. Şuningdek, u ayolning fuqarolik pasporti hamda bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasini olib qöygan.
Söngra bolani özining boşqaruvida bölgan Minlo maşinasida tumanning Gözal mahallasida yaşovçi F.B.ning uyiga olib borgan va unga 5 mln söm hamda 100 AQŞ dollariga sotgan. Pullarni esa öz şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan. Holat yuzasidan Payariq tuman IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilib, bola tuman tuğuruqxonasiga topşirilgan.
JIB Payariq tuman sudining 2025 yil 11 avgustdagi hukmi bilan K.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil soğliqni saqlaş tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, Minlo maşinasini jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga ötkaziş belgilangan.
Samarqand viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 23 sentabrdagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmining Minlo maşinasini jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga ötkaziş qismi bekor qilingan va maşina K.A. ixtiyorida qoldirilgan.
Oldinroq Jizzaxdagi tuğuruqxonada egizak çaqaloqlardan biri öğirlab ketilgani xabar qilingandi.












