Jizzaxda firibgarlik va odam öğirlaş jinoyatini sodir qilgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Şarof Raşidov tumanida yaşovçi 31 yoşli Zaynabbibi Bobojonova bola asrab olmoqçi bölib yurgan qöşnisining işonçiga kirgan va unga tuğuruqxonadan çaqaloq olib berişni va’da qilgan. Ayol bola olişda navbatni oldinga suriş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, soğlomligi haqida ma’lumotnoma olib beriş va boşqa turli bahonalar bilan qöşnisining jami 5 mln 550 ming söm pul mablağini qölga kiritgan.

Şundan söng Zaynabbibi Bobojonova 2025 yil 31 yanvar kuni Jizzax şahri Yoşlik mahallasidagi tuğuruqxonaga borgan. Qöşnisiga çaqaloqni olib çiqişini aytib, tuğuruqxonaga kirib ketgan.

Sudda Zaynabbibi Bobojonova aybiga töliq iqrorlik bildirgan va qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan yengillik söragan.

“Qöşnim farzand körmagani uçun bola asrab olmoqçi edi. 2024 yil 19 noyabr kuni qöşnim bilan Jizzax şahrida joylaşgan ona va bola skrining markaziga bordik. Özim içkariga kirib çiqdim va qöşnimga bola oliş navbati 36-navbatda ekanini, agar 200 dollar bersa 10-navbatga qöyib, 2024 yil 10 dekabrda bolani oliş mumkinligini aytdim. Qöşnim men aytgan plastik kartaga 2 mln 550 ming söm taşlab berdi.

Söng qöşnimdan bolaga soğlomligi töğrisidagi ma’lumotnoma olib beriş uçun deb 550 ming söm, Toşkentdagi vasiylik xodimlariga hujjatlarni imzolatiş uçun deb 2 mln söm, çaqaloq kasal bölgani, uni davolatişni aytib 350 ming söm, taksiga deb 100 ming söm pullarini aldab oldim. Qöşnim bilan telefonda tuğuruqxona boş vraçi sifatida çaqaloq olib beriş böyiça gaplaşib keldim.

2025 yil 31 yanvarda qöşnim menga telefon qilib, Jizzax şahridagi tuğuruqxonaga kelganini aytdi va “bolani bugun olib çiqaylik”, dedi. Yana boş vraçning nomidan maxfiy raqam orqali qönğiroq qildim va bolani olib ketişlari mumkinligini aytdim. Şu kuni soat 15:00 larda qöşnim turmuş örtoği va boşqa qarindoşlari bilan maşinada tuğuruqxonaga keldi”, degan ayol suddagi körsatmasida.

Şundan söng u avvaliga tuğuruqxona boş vraçi oldiga kirgan va bola olmoqçi ekanini aytgan. Boş vraç ayolga bola asrab oliş uçun vasiylik kengaşiga murojaat qilişi kerakligini tuşuntirgan.

Zaynabbibi Bobojonova boş vraç qabulidan çiqib, öşa yerda şifokorlarning özaro gapidan fuqaro Pokiza Hamroyeva 3 kun avval egizak farzandlarni dunyoga keltirganini, u 9-palatada ekanini eşitgan. Keyin hamşiralardan suriştirib, binodagi kuzatuv kameralari işlamasligini bilib olgan. Zaynabbibi Bobojonova yuziga niqob taqqan holda 9-palataga kirib borgan hamda “egizak tuqqan ayol kim?” deb söragan. Xonadagilar Pokiza Hamroyevani körsatişgan. Zaynabbibi özini şifokorning qizi sifatida taniştirib, çaqaloqlarni şifokor körmoqçi ekanini aytgan va eigzaklardan birini kötarib çiqib ketgan.