Rossiyani jang maydonida yengib bölmaydimi? - Putin uruş haqida nimalar dedi va uning gaplari haqiqatga qançalik mos?
|19:59 / 22.02.202365 20911 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal majlisga murojaatnomasining uçdan bir qismi Ukrainadagi uruşga ataldi. U «maxsus harbiy amaliyot»ning maqsadi va vazifalari haqida oğiz oçmadi, biroq uruş sabablari va Rossiya harbiy salohiyati haqida uzoq gapirdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Vladimir Putin Federal majlisga sönggi ikki yil içida ilk bor murojaat qildi: 2022 yilda murojaat bölmagan edi. Tahlilçilar fikriça, öşanda Putin öz murojaatini Ukrainadagi jang maydonlarida erişilgan biror arzirli muvaffaqiyat arafasida qilmoqçi bölgan, lekin bunday bölib çiqmadi.
Uruş boşlanganining bir yilligi arafasida Putin öz murojaatnomasida Rossiya «Ukraina xalqi bilan uruşmayotgani»ni ta’kidlayotgan bir paytda «Grad» qurilmalari Xersonda tinç aholi ustiga snaryad yoğdirayotgandi.
BBC Putinning eng xarakterli fikrlarini olib, u haqiqatga neçoğlik mosligini tekşirib kördi.
Vladimir Putin sönggi ikki yilda birinçi marta Federal kengaşga murojaat qildi. Foto: RIA Novosti
Putin: «Maxsus harbiy amaliyot boşlanmasdan oldin Kiyevning Ğarb bilan Ukrainaga havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari, harbiy samolyotlar va boşqa oğir texnikalarni yetkazib beriş böyiça muzokaralari olib borilayotgan edi».
BBC: Aslida bunday emas. 2014 yilda AQŞ prezidenti Barak Obama Kiyevni qurol-yaroğ bilan ta’minlaş imkonini beruvçi «Ukraina erkinligini qöllab-quvvatlaş pakti»ni imzolagan. Biroq, 2015–2017 yillarda bu öldiriş kuçiga ega bölmagan qurol-yaroğlar edi: dronlar, radiolokatsion stansiyalar, dala hospitallari. 2017 yil dekabrida öldiriş kuçiga ega bölgan qurollarni yetkazişni Tramp administratsiyasi ma’qullagan, biroq şunda ham Rossiyaning potensial bosqinini töxtatib turişi mumkin bölgan qurol-yaroğlar haqida gap ketgan. 2018–2021 yillarda Ukraina qurolli kuçlari tanklarga qarşi Javelin komplekslari, granatomyotlar, öq-dorilar, Stinger köçma zenit raketa qurilmalari olgan. Yetkazilgan bu qurollarning barçasi SIPRI ma’lumotlar bazasida qayd etilgan.
Rossiya bosqini boşlanmasdan avval köplab harbiy ekspertlar Ukrainaga xorijiy harbiy yordam faqat partizan uruşi şaroitida zarur bölişini ta’kidlaşgan. Bunday prognozlar bosqin oldidan ham berildi — öşanda «Javelin» va «Stinger»lar bilan qurollangan ukrainlarning qölidan keladigani maksimum iş — pistirmalar uyuştirib, rus okkupatsion qöşinlarining hayotini oğirlaştiriş bölib köringandi. Hattoki özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» vakillari Ukrainaning Donetsk oblastini ozod qiliş rejasi haqida gapirganda aynan mana şu köçma komplekslarni tilga olgan.
Mavzuga oid
Ukraina QK, ehtimol, «DXR» va «LXR» qurollangan bölinmalari bilan ğarb samolyotlari va HHM tizimlarisiz uruşa olişi mumkin edi. Biroq Rossiya armiyasiga qarşi bunday qurollar bilan hujum qiliş ma’noga ega emasdi — bunday operatsiya avvaldan barbod bölişga mahkum edi.
Foto: RIA Novosti
Kanada va Yevropadan yetkazib berilgan yordamlar ham AQŞnikidan köp ham farq qilmasdi: Kanada zirhli nimçalar, kaska va tunda köriş moslamalari bergan, Buyuk Britaniya esa zirhlangan avtomobillar, aloqa vositalari va GPS navigatorlar, Fransiya vertolyotlar va granatomyotlar yetkazgan, Germaniya esa uzoq vaqtgaça Kiyevga öldiriş kuçiga ega qurol-yaroğlarni yetkazişni rad etib keldi.
Putin: «Ğarbning uzoq masofani nişonga oluvçi tizimlari Ukrainaga qançalik köp yetkazilar ekan, biz tahdidni öz hududimizdan şunçalik uzoqlaştirişga majbur bölamiz»
BBC: Bu tezisni Rossiya tepasidagi turli darajadagi rahbarlar keng miqyosli uruş boşlanganidan buyon bot-bot takrorlab kelişadi. Yaqindagina bu fikrni taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ham aytgan edi. Aslida, esa jangovar harakatlar boşlanganidan buyon Rossiyaning Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari muntazam ravişda otişmalar ostida qoldi. Rossiya armiyasi Putin hozir öz hududi deb hisoblovçi Zaporijjya oblasti markazi bölgan şu nomdagi şaharni egallay olmadi, Xersondan qoçib çiqdi, front çiziğini Donetsk ostonasidan siljita olmadi. Bundan taşqari, ötgan yil davomida Kaluga, Saratov va Rostov oblastlari, 2014 yilda annexia qilingan Qrim ham öq yomğirlari ostida qoldi.
Öz «maxsus amaliyoti»ning maqsadlaridan biri sifatida Putin NATOni Rossiya çegaralaridan uzoqlaştiriş hisoblanişini aytgandi. Aslida esa Putin bu çegaralarni yaqinlaştirdi. Finlandiya va Şvetsiya NATOga a’zo bölişi hal bölgan masala, endi Ukrainaning kelajakda alyansga a’zo bölişi haqida gapirişmoqda.
Putin: «Rossiyani jang maydonida yengib bölmaydi»
BBC: Rossiya imperiyasi, SSSR va RFning sönggi 200 yillik tarixida muvaffaqiyatsiz va barbod bölgan harbiy kampaniyalar yetarliça topiladi: Qrim uruşi, rus-yapon uruşi, Birinçi jahon uruşi, Afğoniston, Çeçenistondagi birinçi uruş.
Boz ustiga, Ukrainadagi bir yillik uruş davrida Rossiya armiyasining Kiyev, Sumi va Çernihiv oblastlari, Xerson, Liman, Xarkiv, Izyum, Balakliya şaharlari va Zmeyiniy orolidan çekinişini kördik. Bu çekinişlar ruslar tomonidan qovuşmagan tarzda asoslanişi yangi memni vujudga keltirdi — «Rossiya armiyasi çekinmaydi, u qayta guruhlanib oladi».
Rossiya rahbariyati özlarini jang maydonida yengib bölmasligi haqidagi tezisni qayta-qayta takrorlar ekan, aftidan, mamlakatda yadroviy qurol borligiga işora qilişmoqda. Ularning mantiğiga köra, bundan duşman armiyasi Rossiyani okkupatsiya qilolmasligi yoki Moskvani ololmasligi kelib çiqişi kerak. Biroq na Ukraina, na uning ittifoqçilari öz oldilariga bunday maqsad qöygan. «Yadroviy barqudrat davlatlar uruşda yengilmaydi», tezisining özi ham Amerikaning Vetnamdagi tajribasi bilan osongina rad etiladi.
Putin: «Biz armiya va flotimizning aynan sifat salohiyatini yuksaltiruvçi ilğor texnologiyalarni faol joriy etamiz. Bunday işlanmalar va qurol-yaroğ namunalari bizda allaqaçon har bir yönalişda mavjud. Ularning köpçiligi öz xarakteristikalari bilan xorijiy analoglaridan ustun»
BBC: Rossiya armiyasini modernizatsiya qiliş va qayta qurollantiriş punkti prezident murojaatnomalarida majburiy narsaga aylangan va Vladimir Putinning har bir çiqişida takrorlanadi.
2021 yilgi çiqişida qayta qurollaniş dasturi detallari yanada köproq edi. Putin öşanda «2024 yilga borib qurolli qöşinlarning zamonaviy qurollari va texnikalari 76 foizga yetişi»ni va’da qilgan edi. Biroq ötgan bir yillik uruş davrida çinakam zamonaviy qurol-yaroğlar uluşi frontda qisqarib bormoqda, amalda Rossiya old çiziqqa eski sovet tanklarini taşlamoqda, Ukraina infratuzilmasiga eskirgan sovet raketalari bilan hujum qilmoqda.
Masalan, ötgan yil yozida RF mudofaa vazirligi «Rossiya havo kosmik kuçlari havodan turib Kremençukdagi yöl maşinalari zavodi angarlaridagi AQŞ va Yevropa davlatlaridan keltirilgan qurol-yaroğ va öq-dorilariga yuqori aniqlikdagi zamonaviy raketalar bilan hujum qilingani»ni e’lon qildi. Aslida, Ukraina harbiy havo kuçlariga köra, Rossiya samolyotlaridan uçirilgan X-22 qanotli raketasi sovet harbiy sanoat kompleksining juda eskirgan, ammo muvaffaqiyatli işlanmasidir.
Bu raketaning kemalarga qarşi versiyasi yer ustidagi nişonlarga qarşi işlatilganda öta samarasiz, çunki möljalni aniq urib bölmaydi. Xuddi şunday raketa Kremençukdagi Rossiya mudofaa vazirligi tilga olgan nuqtadan 300 metr naridagi «Amstor» savdo markaziga borib tuşdi va kamida 20 kişini öldirdi.
Biroq, Ukrainaning tan olişiça, uşbu harbiy mojaroda Rossiya gipertovuşli «Kinjal»lar, tezkor-taktik «Iskander» raketalaridan ham foydalangan, ularni Ukrainaning sovetlardan qolgan HHM tizimlari urib tuşira olmaydi. Rossiya frontda zamonaviy T-90M tanklaridan ham foydalanmoqda, biroq ularning soni juda kam.
Rossiyadagi uruş tarafdorlari tomonidan RF mudofaa vazirligiga e’tirozlardan biri ham Moskvada ötadigan harbiy paradlarda namoyiş qilinadigan texnikalar, garçi qöşinlar katta ehtiyoj sezayotgan bölsa ham, ularning frontda körinmagani bölmoqda.
Umuman olganda, Rossiya armiyasi turli sinfdagi dronlar, sifatli aloqa vositalari va boşqa yuqori texnologiyali qurol-yaroğ tizimlari yetişmasligidan qiynalmoqda.
Sifatli aloqa va razvedka tizimlari yetişmasligi Rossiya artilleriyasi Ukrainanikidan son jihatdan bir neça barobar ustun böla turib, samarasiz harakat qilayotganida ham yuzaga çiqmoqda.
Putin: «Biz heç qaçon bir qadam çetga çiqib, vatanidan çekinganlarni jazolaş uçun «yalmoğiz ovi» uyuştirib kelgan va uyuştirayotgan Kiyev rejimi va ğarb elitasi kabi harakat qilmaymiz. Bu ularning vijdoniga havola, ular şu narsa bilan yaşay qolişsin»
BBC: Biroq, Rossiya hokimiyati uruşga qarşi çiqayotganlarini jazolaş uçun turli vositalardan foydalanmoqda. Ötgan yil mart oyidan boşlab «armiyani obrösizlaştiriş» va «harbiy feyklar» töğrisidagi ikki jinoiy modda amalda — ular böyiça aksilharbiy fikrdagilar jazoga tortilmoqda. 2022 yil dekabrida «xorijiy ta’sir ostidalik» töğrisidagi yangi qonun kuçga kirdi, unga köra xorijdan pul olmagan insonlar ham «çet el agenti» deb topiladi.
Köplab siyosatçilar va jurnalistlar «harbiy feyklar» töğrisidagi modda bilan uzoq muddatlarga qamaldi. Xorijga qoçib çiqqanlarga esa sirtdan hukm öqildi.
Rossiya amaldorlari vatanni tark etgan fuqarolarni jazoga tortiş böyiça ğoyalarni örtaga taşlaşmoqda — masofadan turib işlaşni taqiqlaşdan tortib, fuqarolikdan mahrum qiliş va mol-mulkini musodara qilişgaça.
Putin: «Bizning vaqtimizga kelib ular Ukrainadan «Anti-Rossiya» yasay boşlaşdi. Aslida bu loyiha yangi emas».
BBC: Jahonda Rossiyaga ataylab qarşilik qiladigan kuçlar borligi, Ukraina mana şunday kuçlar qölida öyinçoq ekani haqida Putin birinçi marta gapirmayapti. Buni sözlar ekan, Rossiya prezidenti Ukraina — suveren davlat ekani, ukrainlar qanday yaşaşi va rivojlanişi haqida Rossiyadan ruxsat söramaslikka haqli ekani töğrisida lom-mim demaydi.
Ukrainada kimdir «Anti-Rossiya» loyihasini qurmoqçi ekani töğrisidagi fikrni Vladimir Putin bir neça yildan buyon takrorlab keladi. U bu terminni qayerdan olgan va uni kim öylab topgan? Bu konspirologik nazariya ilk marta 2012 yilda «Rosneft»ning ayni paytdagi matbuot kotibi Mixail Leontev muharrirlik qilgan «Odnako» jurnalida siyosiy maslahatçi, fantast yozuvçi Lev Verşinin maqolasida örtaga taşlangan.
Putinning çiqişi Sevastopol köçalaridan birida translatsiya qilinmoqda
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA