Yangilanayotgan Konstitutsiyada soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi belgilanadi
Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Foto: Kun.uz
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida barcha sohalarda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanishiga erishish masalasi ustuvor qo‘yilgan. Unda soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda. Norma barcha fuqarolar, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Deputatlar qayd etganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi. Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan. Shunga muvofiq, «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan qat’iy norma o‘rnatilmoqda.
Qayd etilganidek, yetarlicha asoslantirilmagan, nizo keltirib chiqaruvchi yoki Konstitutsiyada aks ettirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblanuvchi qoidalar chiqarib tashlanmoqda. Muhokamaga chiqarilgan loyihada «mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning nafaqat o‘zi, balki oilasi yashashi uchun ham yetarli bo‘lishi kerak» degan norma ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Jamoatchilik hamda ekspertlarning fikricha, aynan bir xil lavozimdagi xodimlarga oilasining katta yoki kichikligi, ya’ni oila a’zolari soniga qarab turlicha ish haqi to‘lanishi tenglik mezoniga to‘g‘ri kelmaydi va mehnat sohasida kamsitishga olib keladi. Ushbu qoida «mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi» degan qoidaga almashtirildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
-
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
Sport | 19:29
Mavzuga oid

12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi

19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

18:14 / 11.12.2024