Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosda bostirib kirganiga bir yil to‘lishi arafasida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi «Ukraina mojarosini hal etish» bo‘yicha o‘zining takliflarini e’lon qildi. Bu nima — sulh muzokaralari bo‘yicha real takliflarmi yoki piar yurish va shunga o‘xshash narsami? BBC vaziyatga oydinlik kiritish uchun ekspertlarning fikrini to‘plab chiqdi.

Pekin tomonidan e’lon qilingan hujjat «Ukraina inqirozini siyosiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha Xitoy pozitsiyasi», deb ataladi. Xitoy tomoni fikricha, u bajarilishi urushning yakunini tezlashtiruvchi 12 punktdan iborat.

Hujjat matnida juda ko‘p silliq formulirovkalar va diplomatik mulozamatlar bor. Biroq, yozilganlarning lo‘nda mohiyati hikoya qilinsa quyidagicha ko‘rinish oladi. Demak, Xitoy quyidagilarni taklif qilmoqda:

  • O‘t ochishni to‘xtatish va muzokara stoliga o‘tirish. Pekin Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tiklash kerak, degan fikrda. Bu holatda har ikki tomon bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishi kerak (tomonlardan har ikkisining bu borada murosasiz pozitsiyalari hisobga olinsa, buni qanday qilib amalga oshirish mumkinligi tushuntirilmagan).
  • Sovuq urush mentelitetidan voz kechish, jumladan, harbiy bloklar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik. «Boshqa davlatlar xavfsizligiga daxl qilib, o‘z xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan urinishlarga, shuningdek blok konfrontatsiyasi siyosatiga yo‘l qo‘yilmaydi», — deyiladi hujjatda.
  • Atom elektr stansiyalari xavfsizligini ta’minlash va tinch yadroviy obektlarga qurolli hujum tashkil qilmaslik.
  • Yadroviy, kimyoviy yoki bakteriologik quroldan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
  • Birtomonlama sanksiyalardan voz kechish hamda ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlari barqarorligini ta’minlash.
  • Humanitar yo‘laklar tashkil qilish, tinch aholi va harbiy asirlar huquqlariga rioya qilish.

Bir tomondan qaralsa, aytilgan postulatlarda hech bir yangi narsa yo‘q. Ikkinchidan tomondan, Pekinning yadroviy quroldan potensial foydalanish, shuningdek, bu urushning iqtisodiy oqibatlariga qanday e’tibor qaratayotgani qiziq.

«Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro cho‘zilib ketganidan tashvishda. Pekinni birinchi navbatda bu urush shu qadar kuchayib, yadroviy qurol ishga tushirilishi mumkinligi tashvishlantirmoqda»,