O‘zbekiston | 15:33 / 27.02.2023
10444
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023 yilda: muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta’minlanadi.

2023 yil 1 sentabrdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023 yil 1 maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga: bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratiladi; mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi bo‘lgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat bo‘limi yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid