Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 10-sanksiya paketining mazmunini e’lon qildi
Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiyaga Ukrainaga qarshi urush uchun hafta oxirida qabul qilingan YeIning 10-sanksiya paketi mazmuni e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, YeI rossiyalik fuqarolarga YeIdagi muhim infratuzilma korxonalari boshqaruv organlarida lavozimlarni egallashni taqiqlaydi, shuningdek, Rossiya kompaniyalari uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi gaz omborlaridan foydalanishni yopadi, deb xabar beradi DW muxbiri.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi muzlatilgan aktivlar bo‘yicha yangi hisobot qoidalarini joriy qiladi - endi ular nafaqat xususiy, balki Rossiya Federatsiyasining davlat aktivlariga ham tegishli. Shu tariqa Bryussel ularning qayerdaligini aniqlash niyatida.
Shuningdek, axborotning sizib chiqishi natijasida sanksiyalar qo‘llanilishini kutgan holda aktivlarni sotishga urinishlar to‘g‘risida xabar berish majburiyati ham joriy etilgan. Uning buzilishi jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, dedi Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi Bryusseldagi brifingda.
Charter kompaniyalari sanksiyalar ostidagi rossiyaliklarning Yevropa Ittifoqiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ikki tomonlama maqsadli tovarlarning Rossiyaga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga tranzit taqiqlanadi.
Rossiya bitumi va asfaltiga, shuningdek, sintetik kauchuk mahsulotiga embargo joriy qilingan. Ikkinchisi uchun 16 oylik o‘tish davri mavjud, shuning uchun uni sotib olayotgan mamlakatlar asta-sekin boshqa yetkazib beruvchilardan xaridlarga o‘tishlari mumkin.
Targ‘ibotchilar orasida RT va arab tilidagi Sputnik, Prigojinning «Patriot»i, «Roskomnadzor» a’zolari, shuningdek, ayrim OAV xodimlari sanksiyaga tortildi, ularning ismlari hozircha oshkor etilmagan.
Bundan tashqari, jazo choralari Ukrainada Rossiya armiyasi tomonidan ishlatiladigan tovarlarni sotib olgan Eron kompaniyalariga, shuningdek, Dubaydagi «Sovkomflot»ga tegishli kompaniyaga ta’sir ko‘rsatdi.
Federatsiya Kengashi a’zolari, Rossiya Mudofaa vazirligining 12 nafar yuqori martabali amaldorlari, Soledarga bostirib kirgan «Vagner» XHK qo‘mondonlari, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda ishtirok etgan shaxslar va Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridagi «hokimiyat vakillari» sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shildi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024