Insoniyat bu muammolarni bartaraf etişning yöllarini izlayapti va topyapti. Yetakçi Ğarb mamlakatlari öz hududlarida çiqindini qayta işlaşning har turli usullarini qöllab, tabiat – hayvonot va nabototni bor holiça saqlab qolişga jiddiy bel boğlaganlar va qisman buning uddasidan ham çiqmoqda. Nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar-çi? Ular çiqindiga botib, zaqqum havodan böğilib ölmaslik uçun nimalar qilişmoqda?

Özbekistonda çiqindi sohasini isloh qiliş, rivojlangan davlatlar qöllagan usullarni amalga tatbiq qiliş uçun köplab qaror, farmon va qonunlar çiqqan. Davlat rahbari bu mavzuga alohida e’tibor qaratmoqda va sohaga doir masalalarni hal qiliş uçun köplab yiğiliş va selektorlar ayni şu mavzuda böladi.

2022 yil 2 fevralda prezident huzuridagi majlisda ekologiya va atrof-muhit masalalari, xususan, çiqindi masalasi tanqidiy körilgan. Prezidentimiz tomonidan Davlat ekologiya qömitasi oldiga vazifalar qöyilgan va aynan çiqindilarni qayta işlaş darajasini 36,5 foizga yetkaziş, xususiy sektor uluşini 50 foizga çiqariş va qamrov darajasini 95 foizga oşiriş vazifalari. Uşbu vazifalarni amalga oşiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi, ya’ni 2022 yil 11 avgustdagi qarori va yana bir farmon.

Bugun şaharlardan salgina taşqariga çiqsangiz, minglab tonna çiqindilar egallagan yuzlab gektar joylarni körasiz. Çiqindi kölamini körib vahmingiz keladi. Öz vaqtida bu mavzuda Kun.uz ham, Sub’yektiv loyihasi ham yaxşi körsatuvlar tayyorlaşgan edi. Bu örinda biror şaharni alohida körsatib ötiş şart emas. Barça katta şaharlar, viloyatlar va aholi yaşaş punktlarida şu kabi holatga közingiz tuşişi mumkin. Birgina Toşkent şahrida 2021 yildagi ma’lumotga köra, kuniga 2 ming tonna maişiy çiqindi çiqariladi.

Yaqinda Navoiy şahri çiqindixonaga aylangani haqida tarmoqlarda köp yozişdi. Boşqa şaharlarda yiğilib qolgan çiqindilarning olib çiqib ketilmagani yoki olib çiqib ketilişi keçikkani kabi muammolar böy körsatib qoladi. Nima uçun? Negadir çiqindi olib çiqiş va uni qayta işlaş xususiy sektorga faol berila boşlaganidan söng mana şunday holatlar paydo bölayotgandek.