Buyuk Britaniya boş vaziri örinbosari Anjyela Reyner Britaniya armiyasi mutaxassislarini Birminghemdagi inqirozni yengişda yordam berişga çaqirdi, u yerda çiqindilarni yiğuvçilar bir oydan ortiq vaqt davomida ötkazmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 14 aprel, duşanba kuni manbalarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, harbiylar köçalardagi çiqindilarni tozalamaydi, balki ofisdan turib işlaydi. «Tezkor rejalaştiriş tajribasiga ega bölgan oz sonli harbiy xizmatçilar inqirozdan çiqiş uçun moddiy-texnik yordam körsatadi», — deb yozadi gazeta.
Uning eslatişiça, britaniyalik harbiylar avval ham bir neça bor favqulodda vaziyatlarda fuqarolik organlariga yordam körsatişga çaqirilgan. Masalan, bu pandemiya davrida sodir böldi.
Bu safar harbiylar «mahalliy hokimiyatni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligiga davom etayotgan tahdidga imkon qadar tezroq reaksiya bildirişni ta’minlaş uçun qisqa, çeklangan muddatga» joylaştiriladi.
Birminghemdagi iş taşlaş 11 mart kuni boşlangan edi. Öşandan beri şahar köçalarida 17 ming tonnadan ortiq çiqindi töplanib qolgan. Aholi kalamuşlar paydo bölganidan şikoyat qilmoqda.
Kasaba uyuşmalari yetakçilari ayni paytda şaharni ham, mamlakatni ham boşqarayotgan Buyuk Britaniyaning Leyboristlar partiyasini murosaga kelişni istamaganlikda ayblamoqda.












