Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Mamlakatda 1 maydan biochiqindilarni saralashning yangi qoidalari kuchga kiradi. Ushbu qoidalarga bo‘ysunmagan fuqarolar jarimaga tortiladi.
Bild nashrining yozishicha, endi organik chiqindilar tarkibidagi begona aralashmalar 3 foizdan, undagi plastik ulushi esa 1 foizdan oshmasligi kerak. Ayrim mintaqalarda bu kabi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun maxsus texnologiyalar va hatto sun’iy intellektdan foydalanish boshlangan. Yangi qoidalarga rioya qilmagan fuqarolar jarimaga tortiladi.
Masalan, Baden-Vyurtemberg yerlaridagi Esslingen hududida chiqindilarni saralash talablariga bo‘ysunmaydigan fuqarolarni aniqlashda sun’iy intellekt bazasidagi tizimdan foydalanish rejalashtirilgan. Unga qo‘shni Alb-Dunayda esa joriy kuzdan boshlab 2100 taga yaqin konteyner vizual ravishda tekshiriladi, idishlarda rangli birkalar paydo bo‘ladi: yashil — hammasi joyida, sariq — biroz kamchilik borligini anglatadi. Agar konteynerda qizil rang turadigan bo‘lsa, kommunal xizmat xodimlari uni olib ketmaydi.
Ulm shahrida biokonteynerlar masofadan turib bloklab qo‘yilishi mumkin. 25 yevro miqdorida jarima to‘langanidan keyin ularning ochilishiga ruxsat beriladi. Myunxenda bo‘lsa, hozirda sun’iy intellektga ega kamera bilan jihozlangan chiqindi tashuvchi mashina testdan o‘tkazilmoqda — u biochiqindidagi begona buyumlarni aniqlashga qodir.
Erfurtda esa hukumat boshqacha yo‘nalishdan foydalanmoqda: 15 yildan beri u yerda chiqindi qaysi xonadondan tashlanganini aniqlashga qodir identifikatsiya tizimi amalda. Tizimli ravishda qoidabuzarlik sodir etilsa, chiqindi tashlanadigan idish olib ketilishi va jarima 5 ming yevrogacha yetishi mumkin.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026