Jahon | 10:12 / 01.03.2023
9289
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya Ukrainada sezilarli muvaffaqiyatga erishishini kutmayapti

AQSh ma’muriyati Rossiya yaqin bir yil ichida Ukraina hududining katta qismini egallab olishi uchun zarur vaziyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini kutmayapti. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirining siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kal AQSh Kongressi Vakillar palatasida Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami bo‘yicha bo‘lib o‘tgan eshituvlar chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: AP

«Kelgusi haftalar va oylarda hududning kichik bo‘laklari bir tomondan ikkinchisiga o‘tishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Menimcha, Rossiyaning bir yil ichida Ukrainani egallab olishi va muhim hududiy yutuqlarga erishish qobiliyatini ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q» dedi Kal.

Avvalroq AQSh Ukrainaga budjet yordami va mamlakat energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash sifatida 10 milliard dollar ajratishi xabar qilingandi.

Mablag‘ning katta qismi (9,9 milliard dollar) Jahon banki mexanizmidan kelib tushadi hamda «sog‘liqni saqlash, ta’lim va favqulodda vaziyatlar xizmatlari» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Yana 250 million dollar Ukraina energetika tizimiga yo‘naltiriladi. 

«Ushbu mablag‘lar Ukraina bo‘ylab maktablar, shifoxonalar uchun generatorlar, uylar va boshpanalarni isitishni ta’minlashga yordam beradi», — deyiladi bayonotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid