09:26 / 03.03.2023
3125

Fevral oyida yevrohududda inflatsiya kutilganidan kamroq pasaydi

Yevro hududida yashash narxining oshishi asosan oziq-ovqat narxlarining yuqoriligi tufayli davom etdi. XVJ rahbari Kristin Lagard inflatsiya mart oyida sezilarli darajada pasayadi, deb hisoblaydi.

Foto: Getty Images

Joriy yilning fevral oyida yevrohududda inflatsiya kutilganidan kamroq pasaydi. Eurostat statistika agentligi 2 mart, payshanba kuni birinchi taxminiy hisob-kitoblarga tayanib, iste’mol narxlari yillik 8,5 foizga ko‘tarilgani, bu asosan oziq-ovqat narxlarining oshishi hisobiga qayd etilganini bildirdi. Shu bilan birga, tahlilchilar fevral oyidagi inflatsiyani 8,2 foiz deb prognoz qilgan edi.

Yevrozonada inflatsiya darajasi ketma-ket to‘rtinchi oy pasaymoqda. Yanvar oyida, Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli ko‘rsatkich 8,6 foizni, 2022 yil dekabrida - 9,2 foizni tashkil etdi. Maksimal - 10,6 foiz darajasi - oktabr oyida qayd etilgan.

Fevral oyida yevrohududning 20 ta davlatida narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi bo‘ldi: ularning narxi 15 foizga oshdi. Bu shuni anglatadiki, energiya narxlari ko‘p oylar ichida birinchi marta yashash narxi o‘sishining asosiy omili bo‘lishni to‘xtatdi.

Top