Özbekistonda 2024 yilning iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bu meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining yozgi odatiy pasayişi bilan boğliq, deya xabar qildi Statistika agentligi.
Birinçi yarim yillikdagi inflatsiya 5,2 foizni taşkil etmoqda. Yillik inflatsiya – 10,6 foiz.
Ötgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga arzonlagan, nooziq-ovqat tovarlar 0,8 foizga, pulli xizmatlar 0,9 foizga qimmatlaşgan.
Iyunda ta’lim xizmatlari eng yuqori ösişni qayd etdi – 2,9 foiz. Bu respublikada bolalarning davlat MMTga qatnaşi uçun tölov 20 foizga oşirilgani bilan boğliq. Xususiy bolalar boğçalari xizmatlari ham 2,4 foizga qimmatlagani qayd etilgan. Oliy ta’lim sohasida narxlar barqaror qolgan.
2024 yilning birinçi yarmida ötgan yilning mos davriga nisbatan pastroq inflatsiya körsatkiçi restoran va mehmonxona xizmatlari (4,6 foiz, yillik 11,2 foiz) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va spirsiz içimliklar (0,2 foiz) da kuzatildi.
Ötgan yilning I yarim yilligidagiga nisbatan yuqoriroq inflatsiya turarjoy xizmatlari, suv, elektr, gaz va yonilği turlari bölimida (35,2 foizga 1,9 foiz) kuzatildi.
Oziq ovqat mahsulotlari tarkibida narxlari bir yilda eng yuqori ösgan mahsulotlar – donli ekinlar va yorma mahsulotlari (5,5 foiz), göşt mahsulotlari (4,8 foiz) baliq va boşqa dengiz mahsulotlari (6 foiz), meva va yonğoqlar (25,9 foiz), tayyor oziq ovqat mahsulotlari (6,3 foiz), spirsiz içimliklar (7,5 foiz) böldi.
Benzin va propan narxlarining pasayişi fonida joriy yilning iyunida metan 1,9 foizga qimmatlaşdi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar örtaça 2,8 foizga oşgandi. Bunda iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 2 foizga arzonlaşgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar körsatiş narxlari örtaça 15,2 foizga oşgani kuzatilgan.

















