Markaziy bank Boşqaruvining 2024 yil 13 iyundagi navbatdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanişiça, asosiy stavka energiya tariflari özgarişining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlaş maqsadida özgarişsiz qoldirilgan. Bu bilan pul-kredit şaroitlari nisbatan qat’iy fazada saqlab qolinadi.
“Iqtisodiyotda yuqori yalpi talab va ikkilamçi ta’sirlar tomonidan inflyatsion xatarlarning mavjudligi şaroitida inflatsiyani prognoz gorizontida 5 foizlik target körsatkiçigaça pasaytiriş maqsadida Markaziy bank kelgusida ham ijobiy real foiz stavkalarini yetarli darajada saqlab qoliş çoralarini köradi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Inflatsiya
May oyida umumiy inflatsiya uy xöjaliklari uçun energiya resurslari narxlari oşirilişi hisobiga tezlaşib, yillik 10,6 foizni taşkil etdi. Energiya narxlari ta’sirisiz inflatsiya darajasi oziq-ovqat tovarlari inflatsiyasining sezilarli mavsumiy pasayişi hisobiga 6,8 foiz doirasida şakllandi.
Umumiy inflatsiyaga monetar omillar ta’siri kamayib borişi hisobiga bazaviy inflatsiya dinamikasining pasayuvçi tendensiyasi davom etib, may oyida 6,3 foizga teng böldi. Xizmatlar bazaviy inflatsiyasi yil boşidan biroz pasayib, yillik 8,8 foizni taşkil etdi.
Inflatsiyaning barqaror komponentlarida pasayuvçi tendensiyaning davom etişi bazaviy inflatsiyaning sekinlaşişi keng qamrovli tus olayotganini körsatmoqda. Xususan, iste’mol savatidagi 70 foizdan ortiq tovar va xizmatlarda narxlar ösişi ötgan yildagi körsatkiçlarga nisbatan sekinlaşgan.
Aprel oyidagi energiya tariflari özgarişi borasidagi muhokamalar hamda ayrim soliq imtiyozlarining bekor qilinişi ta’sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari oşib, mos ravişda 14 va 13,3 foizga teng böldi. May oyida aholi kutilmalari 14 foiz darajasida özgarişsiz qolgan bölsa, tadbirkorlarning kutilmalari 12,7 foizgaça pasaydi. Tariflar özgarişining inflyatsion kutilmalarga ta’siri dastlab prognoz qilinganidan köra pastroq şakllanmoqda.
Bu, öz navbatida, makroiqtisodiy rivojlaniş körsatkiçlari va yil yakunida inflatsiya darajasining asosiy ssenariy prognozlari doirasida bölişiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib qolmoqda
Joriy yil yanvar-may oylaridagi muqobil statistik ma’lumotlarga köra, iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Xususan, yanvar-may oylarida ötgan yilning mos davriga nisbatan savdo va pulli xizmatlardan tuşumlar 37,4 foizga va iqtisodiyot sub’yektlarining banklar orqali tölovlari hajmi 36,4 foizga köpaydi. Pul ötkazmalari hajmi 21 foizga oşib, aholi daromadlarining real ösişini qöllab-quvvatlovçi muhim omillardan bölmoqda.
Yanvar-may oylarida banklar tomonidan 102 trln sömlik yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga köp kreditlar ajratilgan. Uşbu davrda aholining milliy valutadagi muddatli depozitlari 21 foizga, bank hisobvarağiga ega aholi soni 6,1 foizga va ularning hisobvaraqlari soni 14,8 foizga köpaygan.
Xizmatlar sohasi va işlab çiqariş sanoatidagi barqaror ösiş sur’atlari iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlovçi asosiy drayverlardan bölib, investitsion faollikning yuqoriligi işlab çiqarişni rağbatlantirişi ta’sirida mehnat bozorida işçi kuçiga bölgan talab yuqoriligiça saqlanib qoladi.
Asosiy eksport tovarlari narxining xalqaro bozorlarda yuqori şakllanişi va importga bölgan talabning normallaşuvi şaroitida taşqi savdo manfiy balansining birmunça qisqarişi taxmin qilinmoqda.
Real almaşuv kursi mustahkamlanişi kutilmoqda
Iqtisodiyotga turli kanallar orqali valuta oqimlarining ortişi va unga bölgan talabning barqarorlaşişi bilan birga may oyidagi içki inflatsiya hisobiga real almaşuv kursining ma’lum darajada mustahkamlanişi kutilmoqda.
Banklararo pul bozorida ta’minlangan operatsiyalar uluşining ortib borişi kredit xatarining va mos ravişda foiz stavkalarining ma’lum darajada pasayişiga xizmat qiladi. Barqarorlaşgan likvidlik holati va makroprudensial çoralar ta’sirida çakana kreditlar ösişi muvozanatlaşmoqda.
Pul-kredit şaroitlarining joriy darajada saqlab qolinişi iqtisodiy ösiş sur’atlariga salbiy ta’sir körsatmagan holda milliy valutada jamğarişni rağbatlantirişga hamda bazaviy inflatsiyaning pasayuvçi dinamikada davom etişiga zarur şaroitlarni yaratadi.
Şu bilan birga, asosiy savdo hamkorlar bilan boğliq taşqi noaniqliklarning kuçayişi fonida şakllanib boradigan taşqi iqtisodiy vaziyatdan kelib çiqib pul-kredit siyosati çoralariga tegişli töğrilaşlar kiritib boriladi.
Markaziy bank inflatsiyaning 5 foizlik targetiga erişişga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oşirişda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligiga hamda inflyatsion kutilmalarning şakllanişiga alohida e’tibor qaratişini ta’kidlamoqda.












