Kitob — insonlarni fikrlashga o‘rgatadigan, yetuklik sari olib boradigan eng yaxshi vosita. Ko‘pgina mamlakatlarda mutolaaga chorlaydigan, kitobning ahamiyatini aks ettirgan haykallar talaygina.
Bu kabi haykallar kutubxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va dam olish maskanlari uchun juda yaxshi. Bolalar ko‘pincha o‘qishga erinadi, ayniqsa texnologiya asrida. Biroq bu kabi ta’sirli vizual eslatmalar ularning e’tiborini kattalar aytganidan ko‘ra ko‘proq jalb qilishi mumkin.
Ochiq kitob shaklidagi o‘rindiq
O‘rindiq - biz deyarli har kuni ishlatadigan bezaksiz buyum. Ammo Bolgariya o‘ziga xos joy, chunki ko‘zni qamashtiruvchi “Kitob o‘rindiqlari” bor. Bu skameykalar qog‘oz kitoblar shaklida yaratilgan.
Bu o‘ziga xos kitob skameykalari Bolgariyaning Burgas shahrida shuningdek, London va Manchester atrofida joylashgan bo‘lib, ularni bog‘larda, avtobus bekatlarida va boshqa jamoat joylarida topish mumkin.

Bu o‘rindiqlar shisha tolali xomashyodan yasalgan va yuqori sifat standartlariga ega. Ular ultrabinafsha nurlardan himoya qilishga yordam beradigan bir nechta bosma folga qatlami bilan laklangan.
Ushbu o‘rindiqlar mijoz xohishiga ko‘ra ishlab chiqilgan, buning natijasida har biri turli xil dizaynga ega.


Ulardan qirg‘oqlar, avtobus bekatlari va bog‘lar kabi jamoat joylarida, shuningdek, maktablar, kutubxonalar va muzeylarda foydalanish mumkin.
“Tushlik uchun”
Sendvich yeyayotgan va kitob o‘qiyotgan yigitning haqiqiy o‘lchamdagi bronza haykali “Tushlikka chiqish” deb nomlanadi. U Janubiy Karolina shtati, Xilton Xed orolidagi Harbor Tovn Marinada joylashgan.

“Zamonaviy kitob chop etish” haykali (Der moderne Buchdruck)





















