Bir necha kun oldin dunyo olimlari tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston haqida yozilgan beshta kitob haqida ma'lumot berib o‘tgan edik. Bugun o‘ntalik ro‘yxatning ikkinchi qismiga kiritilgan ilmiy asarlar bilan tanishtiramiz.

1-qism: So‘nggi 2 yilda dunyo olimlari O‘zbekiston haqida yozgan 10ta kitob

6. Xitoy Xalq Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e'tibori hech kimga sir emas. Ayni shu masalani Veiking Song «Xitoyning Markaziy Osiyoga yondashuvi: Shanxay Hamkorlik Tashkiloti» kitobida yoritishga harakat qilgan.

"China's approach to Central Asia. The Shanghai Cooperation Organisation" by Weiqing Song
Routledge, 2018.

Kitobda Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Markaziy Osiyoning to‘rt davlatidan iborat mintaqaviy tashkilot – ShHT batafsil ko‘rib chiqilgan. Muallif 1996 yilda Shanxay beshligi tashkil etilishidan boshlab, 2001 yilda tashkilotga aylanishi va hozirgi kunga qadar rivojlanishini ko‘rsatib beradi.

Muallif Xitoy va boshqa a'zo davlatlarning tashqi siyosatini tahlil qilib, a'zo davlatlarning manfaati va kuchi tashkilotning institutlarini, funksional rivojlanishi va a'zo bo‘lmaganlar bilan munosabatlarini qanday belgilashini ochib beradi. Professor Song, shuningdek, ShHT doirasidagi siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniyat va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni o‘rganib, tashkilotning kelgusida qanday rivojlanishiga oid fikrlarini keltirib o‘tgan.

Kitob ShHTni Xitoyning Markaziy Osiyoga nisbatan umumiy strategiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqqan. Ushbu asar, shubhasiz, Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqasi va «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusiga qiziquvchilar uchun foydali monografiyadir.

Muallif haqida: Veiking Song – Xitoyning Makao universiteti siyosiy fanlar kafedrasi professori.

7. Kitoblar orasida tahliliy maqolalar jamlanmalari ham bor. Shulardan biri – amerikalik tadqiqotchilar Deniyel Burgart va Tereza Sabonis-helf tahriri ostida chop etilgan