Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ingliz tili o‘qituvchilarining malakasi oshiriladi, maktablarga til darsliklari beriladi
AQSh O‘zbekistondagi 15 ming nafar ingliz tilidan dars beradigan o‘qituvchilarning malakasini oshiradi, 10 mingdan ortiq maktablarni esa darsliklar bilan ta’minlaydi.

Xabaringiz bor, AQSh davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan tashrifi davomida 28 fevral kuni O‘zbekistonga ham kelgandi. Safari davomida Blinken O‘zJTUda ham bo‘lib, Access dasturi asosida ingliz tilini o‘rganayotgan bir guruh maktab o‘quvchilari bilan uchrashgandi.
Bu haqda u Twitterʼda ham yozib o‘tgan.
«Ingliz tilini o‘rganayotgan va kelajak uchun katta rejalarga ega o‘zbekistonlik o‘quvchilarni ko‘rib ilhomlandim.
Bugungi kunga qadar ularning ingliz tilidagi ta’limi uchun 25 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratganimizdan faxrlanamiz. Endilikda 15 ming nafar ingliz tili o‘qituvchisining malakasini oshirishdan, 10 ming ta maktabni til darsliklari bilan ta’minlashimizdan xursandmiz», — deydi Blinken Twitterʼdagi sahifasida.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi ta’lim borasidagi hamkorlik haqida Kun.uz muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida ham gapirib o‘tgandi.
«Buning ahamiyati faqat yangi bitta tilni o‘rganishdangina iborat emas. Hozirgi davrda ingliz tili xalqaro tilga aylangan. Biznes yuritish, internetdagi ma’lumotlardan foydalanish, madaniyat sohalarida ham ingliz tilini bilish muhim. Qolaversa, bizning almashinuv dasturlarimiz o‘zbek va ingliz tillarida gapiruvchilar uchun juda foydali», — degandi u suhbat davomida.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Blinken 2 mart kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrifini yakunlab, Dehlidagi sammitda ishtirok etish uchun Hindistonga uchib ketgan edi.
Mavzuga oid
18:34 / 17.04.2026
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
07:37 / 18.03.2026
URL tili: internetning yashirin lingvistik xaritasi
10:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi
20:14 / 17.10.2025