Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qonli» g‘alaba. O‘zbekiston yoshlari guruhdagi asosiy raqibini yengib, mundial sari yana bir qadam tashladi (fotoreportaj)
U-20 Osiyo Kubogi 2-turida O‘zbekiston yoshlar jamoasi guruhdagi asosiy raqib Iroqni minimal hisobda mag‘lub etdi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning goli Ravshan Haydarov jamoasini chorakfinalga yaqinlashtirdi.
Bellashuv ancha og‘ir o‘tdi. Ayniqsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Shahzodbek Rahmatullayev chetlatilgach, g‘alabani saqlab qolish qiyinlashdi. Shunga qaramay, futbolchilar matonat ko‘rsatishdi. Hatto kamchilikda o‘ynab, hisobdagi farqni oshirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Iroqning hujumlarida esa himoyachilar va tayanchyarimhimoyachilar jonbozlik ko‘rsatishdi, har bir to‘p uchun «jang» olib borishdi.
G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi. Jamoa 7 mart kungi so‘nggi turda Indoneziyaga (3) yutqazmasa, 1-o‘rin bilan 1/4 finalga yo‘l oladi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Iroq (3) va Suriya (0) o‘zaro bahs olib borishadi.
Tribuna.uz muxbiri qaynoq atmosferada o‘tgan «qonli» o‘yinni stadiondan kuzatgan. Bellashuvdan olingan suratlarni tomosha qiling.
















































Suratlar muallifi — A’zamjon Izzatillayev
Mavzuga oid
19:01 / 06.03.2025
«Korrupsiya aralashmadi, tepadan bosim bo‘lgani yo‘q» - U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov
04:42 / 31.05.2023
O‘zbekiston yoshlar jamoasi Isroildan 90+7-daqiqada to‘p o‘tkazib, jahon chempionatini tark etdi
04:07 / 27.05.2023
JCh U-20. O‘zbekiston Gvatemalani mag‘lub etib, guruhdan chiqdi
01:07 / 24.05.2023