Argentinada ötayotgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 3-tur öyinlari boşlandi.
A guruhida Özbekiston Şahzod Ne’matjonovning dubli evaziga Gvatemaladan ustun keldi.
Turnirdagi oldingi öyinlarda iştirok etmagan uşbu hujumçi 9-daqiqada raqib himoyaçisining xatosidan keyin töpni egallab, darvozani işğol etdi.
Köp ötmay, Abbosbek Fayzullayev uni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi va hisobdagi ustunlik oşirildi.
2:0 hisobi öyin yakuniga qadar özgarmay qoldi va Ravşan Haydarov şogirdlari töplar nisbatiga köra 2-örin bilan 1/8 final yöllanmasini qölga kiritdi.
Argentina uçinçi öyinda ham ğalaba qozonib, 1-örin bilan pley-offga yöl oldi — mezbonlar Yangi Zelandiyani tor-mor etişdi.

Endi Osiyo çempionlari nimçorakfinalda 30 may kuni S guruhida 2-örinni egallagan jamoa bilan töqnaş kelişadi. U guruhda 27 may kuni sönggi tur öyinlari bölib ötadi. Hozirça Kolumbiya (6) birinçi, Yaponiya (3) ikkinçi, Isroil (1) uçinçi va Senegal (0) törtinçi poğonada.
1/8 finalni Özbekiston yoşlar jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev sariq kartoçkalar soni sabab ötkazib yuboradi.
V guruhida AQŞ Slovakiyani ham yengib, peşqadam sifatida keyingi bosqiçga çiqdi. Ekvador Fijiga 9ta gol urib, 2-örin bilan pley-offga yöllanma oldi.
JÇ U-20. 3-tur. 26 may
A guruhi
Özbekiston — Gvatemala 2:0
Gollar: Ne’matjonov (9, 20).
Özbekiston — Asror Kenjayev, Abubakr Aşurov, Abduqodir Husanov, Jahongir Örozov, Mahmud Mahamadjonov (Saidafzal Ahrorov, 65), Zafarmurod Abdurahmatov (Izzatillo Pölatov, 81), Behruz Asqarov (Diyor Ortiqboyev, 65), Şerzod Esanov, Umarali Rahmonaliyev, Abbos Fayzullayev (Pölatxöja Xoldorxonov, 46), Şahzod Ne’matjonov (Nodir Abdurazzoqov, 71).













